O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Buyrak kasalliklarida bemorlarni parvarishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Buyrak kasalliklarida bemorlarni parvarishi. 
Anuriya bilan kasallangan bola qimirlamasligi kerak. Bu paytda uning 
terisiga va sxilliq qavatlariga alohida parvarish kerak . Tez- tez og’zini natriy 
gidrokarbonatning 2%li eritmasi bilan chayishi, xhftada 2-3 marta gigiyenik vanna 
yoki dushda terisini yuvib turishi kerak. Bemorlarni parvarish qilishda uni sovuq 
qotishiga yo’l qo’ymaslik muhimdir.Ularni issiqroq xonalarga joylashtirib
yelvizakdan va sovuq qotishdan saqlash lozim. Issiq muolajalar buyrak qon 
aylanishini yaxsxilab, diurez kuchayishiga olib keladi. 
Davolashda parhez katta ahamiyat kasb etadi, oqsilni kamaytirib energetik 
quvvatni oshirish kerak. Parhezdan mosh, yongoq, fasol olib tashlanadi, lekin 
qaymoq , smetana, kartoshka, bodring, olma, nok, pomidor iste'mol qilinadi. 
Ishtaha birdan yo’qolganda yoki bir necha marta qayd qilsa bolani ovqatlantirish 
oshqozon zondi yoki oziqlantiruvchi klizma orqali beriladi.
Anuriya bilan og’rigan bolalarni infeksiyadan saqlash, ichaklarni holatini kuzatish, 
meteorizmga qarshi kurashish, tez-tez oshqozonni 2%li gidrokarbonat bilan yuvish 
yoki sifonli klizmalar qilish kerak. Shu bilan birga shifokor ko’rsatmasiga binoan 
intensiv davo choralarini qo’llash kerak. 
Hamshira buyrak kasalliklarining og’ir asoratlarini bilishi, shifokor byergan 
ko’rsatmalarini uzluksiz bajarishi, hamma a'zo va sistemalarning vazifalaridan 
xabardor bo’lishi kerak. Bemorda bosh og’rigi paydo bo’lganida, ko’rishi 
yomonlashganda, kuchsizlanganda, atrofga befarq bo’lganida hamshira o’z vaqtida 
shifokorga xabar berishi kerak. 
Qovuqning sfinkteri bo’shashsa siydik tuta olmaslik paydo bo’ladi. Siydik 
qovuqdan doimo tomcxilab turadi. Bemor ehtiyorsiz oz -ozdan siyib turadi
oqibatda kiyimlari , o’rinlari ifloslanadi va shiptir hidi kelib turadi. Hamshira 
bunday hollarda parvarishda bemorning o’rin choyshablarida klenka borligiga 
etibor berishi kerak. Bemor ostiga aylana doira qo’yiladi yoki siydikdon beriladi. 
Bunday bemorlarni tez -tez yuvib turish, yotoq yara va bicxilish bo’lishini oldini 
olish darkor. Kechki soat 18 dan so’ng ovqat iste'mol qilish taqiqlanadi. Kerak 
bo’lganda kiyim va choyshablarni almashtiriladi. O’zi yura oladigan bemorlar 
uchun soniga osib qo’yiladigan yumshoq siydikdonlar bor.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin