37
kor ikda ishtirok etayotgan hamshira shug’ullanadi, kasallik tarixiga yozilgan
dorilarni yozib oladi va aptekaga talabnoma yozadi.
Kuchli ta'sir etuvchi dorilarni alohida qog’ozga yozib olinadi.
Dori moddalar xususiyatiga qarab saqlanadi (poroshok, eritma, shamchalar).
Hamshira
dorixonadan
dori
olarkan,
ularning
etiketkasini
tekshiradi,
talabnomadagi retseplarga solishtiradi, ularning sifatini aniqlaydi. Dorilarni saqlash
uchun maxsus shkaflar bo’lib, ular yaxshi qulflanishi kerak.
Zaharli va narkotik
dorilar alohida shkafda qulflangan holda saqlanadi. Bu “A” shkaf deb ataladi. Bu
shkafda ushbu dorilarning dozasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Tez ta'sir qiluvchi
dorilar “B” ro’yxatda bo’ladi va alohida shkafda saqlanadi. Bu dorilar maxsus
hisobda bo’ladi. Talabnoma va hisob daftari bo’limda 3
yilgacha saqlanadi va
komissiya ishtrokida yo’qotiladi.
Zaharli moddalar zahirasi 5 kunlik me’yordan oshmasligi, tez ta'sir qiluvchi
dorilarniki esa 10 kunlikdan oshmasligi kerak. Maxsus shkaflarda steril dorilar
(tomirlarga), ichish uchun dorilar va teriga surtiladigan dorilar saqlanadi. O’tkir
hidli dorilar maxsus shkaflarda saqlanadi. Spirtli va efirli eritmalar og’zi yaxshi
berkiladigan idishlarda
saqlanishi kerak, chunki ular bug’lanib ketish xossasiga ega.
Suyuq dorilar uy haroratida tez buziladi, shuning uchun ular muzlatgichda
saqlanishi kerak. Ular faqat 3 kun davomida ishlatiladi. Ba'zi bir dorilar yorug’da
tez buziladi, shuning uchun ularni maxsus qora rangli idishlarda saqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: