O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

 
Mavzuning mazmuni 
Bolaning garmonik asab-ruhiy rivojlanishini nafaqat yetarli va to’liq 
ovqatlanish orqali, balki yoshiga qarab to’g’ri kun tartibini tashkil 
qilish,tarbiyalash,ozodalikka rioya qilish bilan erishiladi.To’g’ri tarbiya berish,o’z 
ichiga jismoniy,ruhiy-estetik,mehnat,ahloq va odob tarbiyalarini olib bularga, bola 
hayotining 5-7 yoshida o’rnatiladigan jismoniy, aqliy, ahloqiy, mehnat va estetik 
rivojlanishlari komplekslarini o’z ichiga oladi. 
Tarbiya va rivojlanish – bu shaxs shakllanishini ikki tomonlaridir. Kichik 
yoshdagi, ya'ni uch yoshgacha bo’lgan bolalarda jismoniy tarbiya, katta bolalarda 
esa aqliy tarbiya birinchi o’rinni egallaydi . 
Tarbiyaning quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur: oddiydan- murakkabga, 
yengildan- qiyinga, aniqlikdan-mavhumlikka o’tishni,tarbiya vositalarining birligi 
va o’zgarmasligi, rag’barlantirish va mustaqillikni rivojlantirish, individual 
yondashuv,ko’p tanbeh beravermay ketma-ket man qilinishlarga yo’l qo’ymaslik 
kerak. 
Tarbiya muvaffaqiyatli chiqishi uchun bolani sevish,, erkalash , hurmat, 
ijobiy hissiyotlarni yaratish muhitida amalga oshirilsa ,zero bu har bir go’dak 
uchun hayotiy zaruratdir. Bolaga bularni zaruriyati vitaminlar,to’yimli ovqatlardan 
kam emas. Aks holda bolalar sovuqqon, asabiy tund bo’lib yetishadilar. Ota-onalar 
bolaning ilk tarbiyachisidir. Ammo tibbiy xodim shuningdek bolalar tarbiyasida 
faol qatnashishi zarur, zero tarbiya usullarini egallamay turib davolash, parvarish 
qilish va profilaktika o’tkazish mumkin emas. Go’dakning haqiqiy ehtiyojini 
qondirishning yagona usuli-uni bola hayotining asosi bo’lgan kun tartibiga 
o’rgatishdir, shuningdek uyquning almashinuvini o’z ichiga olgan to’g’ri va tabiiy 
asoslangan kun tartibini tuzish va uni bajarish orqali boshlash lozim. Shunda 
tarbiyalash va parvarish ishlarning asosiy holatlari bir – biriga mos keladi. 
To’g’ri kun tartibi bosh miya po’stloq qismidagi qo’zgalish va tormozlanish 
jarayonlariga yaxshi ta'sir ko’rsatib,bolani yaxshi rivojlanishi va kerakli 
harakatlarni tez bajarishini.Hushchaqchaq,yaxshi fe'lli.vazifalarni tez o’rganadigan 
bo’lib o’sishini ta'minlaydi.Bola hayotinig 2-oyining oxiridayoq uyqu va 
bedorlikning almashinuv tartibi hosil qilinadi , ya'ni vaqtga nisbatan shartli refleks 
hosil bo’ladi. Bunda go’dak tez uxlab qoladi, qattiq uxlaydi va xotirjam uygonadi. 
Buning uchun bolalar faqatgina aniq bir vaqtda , iloji boricha uyquga ketishini 
tezlashtirishga ta'sir qiluvchi ochiq havoda uxlashga yotqizishlari lozim, chunki 
toza havo uxlatish ta'siriga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin