68
Boshiga,
odatda kichkina yupqa, yostiqcha qo’yilib, u esa ot yoli bilan
to’ldirilgan bo’lishi kerak. Chaqaloqqa bu ham kerak emas. Bir yoshgacha
yostiqchani to’shakni tagiga qo’yish yoki karovatni bosh tomonini bir oz baland
qilish kerak. Bolani karovatda yotgan vaqtida tez- tez holatni o’zgartirib turish
karak.
Agar bola uzoq vaqt karovatda, boshi bir holatda, chap yoki o’ng
yonboshida yotsa, unda boshini shakli o’zgarib, ensa yoki chakka qismi yassi
bo’lib qoladi.
Suyak shaklini bunday o’zgarishini oldini olish uchun bolani tez-tez qo’lga
olib ko’tarib yurish yoki o’yinchoqlarni, yorug’likni suyakni o’zgargan tomoniga
qarama-qarshi tomondan ko’rsatilsa, shunda bola boshini o’sha tomonga ham
aylantirishga odatlanadi.
5 oylikkacha bo’lgan bolalarni mushak va paylari quvvatsiz bo’lganligini hisobga
olib, ularni hali o’tkazishga ruxsat etilmaydi.
Bolani oyoq kiyimi engil katta kichikligi o’ziga mos, ob-havo sharoitiga
moslashgan bo’lib, keng yoki tor bo’lmasligi kerak, aks
holdai barmoq suyaklari
bir tomonlama qiyshayib qolishi mumkin, yapaloq oyoq bo’lishi asosiy
sabablaridan biri. Bolani 6-7 oyligidan uzoq vaqt oyoqda tik turib qolishidir. Buni
natijasida oyoq osti tekislanib, bola yurganda tez charchaydigan bo’ladi, oyoq
tayanib turish qobiliyati pasayadi, bu esa gavdani to’g’ri tutmaslik asoratiga, shu
bilan birga jismoniy rivojlanishi sekinlashishiga olib keladi.
Qachon bola
mustaqil o’z o’rnidan turib yursa, unga tagi charmli yumshoq oyoq kiyim olib
berish kerak. Doimo yoki uzoq vaqt lattadan qilingan shippak kiyib yurish, man
etiladi.
Kiyim va oyoq kiyimi oson kiyiladigan va tugmasi oson taqiladigan bo’lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: