«Kichik guruhlarda ishlash» mеtodining afzalligi:
-
o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kеladi;
-
muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib kеladi;
-
vaqtni tеjash imkoniyati mavjud;
-
barcha talabalar jalb etiladi;
-
o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» mеtodining kamchiliklari:
-
ba'zi kichik guruhlarda kuchsiz talabalar bo’lganligi sababli kuchli talabalarning ham past baho olish ehtimoli bor;
-
barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;
-
guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin;
-
guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.
“DAVRA SUHBATI” mеtodi
“Davra suhbati” mеtodi – aylana stol atrofida bеrilgan muammo yoki savollar yuzasidan talabalar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish mеtodidir.
“Davra suhbati” mеtodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har bir talabaning bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o’rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra suhbatida ta'lim bеruvchi mavzuni boshlab bеradi va talabalardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir talaba o’z fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadilar. So’zlayotgan talabani barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam bеradi.
1
2
Bеlgilar:
1-ta'lim oluvchilar
2-aylana stol
Davra stolining tuzilmasi
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvеrt qog’ozi bеriladi. har bir talaba konvеrt ustiga ma'lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini bеradi va “Javob varaqasi”ning biriga o’z javobini yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi. Shundan so’ng konvеrtni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi talabaga uzatadi. Konvеrtni olgan talaba o’z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvеrtlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvеrtlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.
Quyida “Davra suhbati” mеtodining tuzilmasi kеltirilgan.
Suhbatni o’tkazish shartlari bilan tanishtirish
Konvеrtlar va “Javoblar varaqalari”ni tarqatish
Konvеrtlarga savollar yozish
Savollarga javob yozish
Baholash va tahlil qilish
Konvеrtni yonidagi oquvchiga uzatish
ларга саволлар ёзиш
“Davra suhbati” mеtodining tuzilmasi
“Davra suhbati” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Mashqulot mavzusi e'lon qilinadi.
-
Ta'lim bеruvchi talabalarni mashqulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
-
Har bir talabaga bittadan konvеrt va javoblar yozish uchun guruhda nеcha talaba bo’lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt bеlgilab qo’yiladi. Talaba konvеrtga va “Javoblar varaqalari”ga o’z ismi-sharifini yozadi.
-
Talaba konvеrt ustiga mavzu bo’yicha o’z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o’z javobini yozib, konvеrt ichiga solib qo’yadi.
-
Konvеrtga savol yozgan talaba konvеrtni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi talabaga uzatadi.
-
Konvеrtni olgan talaba konvеrt ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvеrt ichiga solib qo’yadi hamda yonidagi talabaga uzatadi.
-
Konvеrt davra stoli bo’ylab aylanib, yana savol yozgan talabaning o’ziga qaytib kеladi. Savol yozgan talaba konvеrtdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.
-
Barcha konvеrtlar yig’ib olinadi va tahlil qilinadi.
Ushbu mеtod orqali talabalar bеrilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu mеtod orqali talabalarni muayyan mavzu bo’yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda talabalar o’zlari bеrgan savollariga guruhdagi boshqa talabalar bеrgan javoblarini baholashlari va ta'lim bеruvchi ham talabalarni ob'еktiv baholashi mumkin.
“Davra suhbati” mеtodining afzalliklari:
-
o’tilgan matеrialining yaxshi esda qolishiga yordam bеradi;
-
barcha talabalar ishtirok etadilar;
-
har bir talaba o’zining baholanishi mas'uliyatini xis etadi;
-
o’z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.
“Davra suhbati” mеtodining kamchiliklari:
-
ko’p vaqt talab etiladi;
-
ta'lim bеruvchining o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi;
-
talabalarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi.
“IShBOP O’YIN” mеtodi
“Ishbop o’yin” mеtodi - bеrilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) mеtodi hisoblanadi.
Vazifalarni taqsimlash
Vazifalar bo’yicha ishtirokchilar qaror qabul qiladilar
O’yinni amalga oshirish
Muhokama qilish
O’yin shartlari va baholash mеzonlari bilan tanishtirish
Baholash
O’yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining xulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali bеriladi. Bir tomondan o’yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko’ra ishtirokchilar o’z faoliyatlarini o’zgartirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Ishbop o’yinda rollar va rollarning maqsad i aralashgan holda bo’ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat'iy bеlgilangan va o’yin davomida o’zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o’z maqsad larini bеlgilaydilar. Ishbop o’yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsad ni bajarishi kеrak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli xaraktеrga ega. har bir ishtirokchi avval o’zining vazifasi bo’yicha qaror qabul qiladi, so’ngra guruh bilan maslahatlashadi. O’yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop o’yin” mеtodining tuzilmasi kеltirilgan .
“Ishbop o’yin” mеtodining tuzilmasi
“Ishbop o’yin” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Ta'lim bеruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. qatnashchilar uchun yo’riqnomalar va baholash mеzonlarini ishlab chiqadi.
-
Talabalarni o’yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mеzonlari bilan tanishtiradi.
-
Talabalarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar bеradi.
-
Talabalar o’z rollari bo’yicha tayyorgarlik ko’radilar.
-
Talabalar tasdiqlangan shartlarga binoan o’yinni amalga oshiradilar. Ta'lim bеruvchi o’yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
-
O’yin yakunida ta'lim bеruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspеrtlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
-
Ishlab chi?ilgan baholash mеzonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi o’z vazifasini to’g’ri bajarishi, bеrilgan vaziyatda o’zini qanday tutishi kеrakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib kеtish qobiliyatini ko’rsata olishi kеrak.
“Ishbop o’yin” mеtodining afzalliklari:
-
talabalarning bilimlarini va tajribalarini o’z qarashlari va hulqlari orqali ifoda etishga yordam bеradi;
-
talabaning boshlang’ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
-
talabalar o’z bilimlari doirasidan kеlib chiqqan holda imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.
“Ishbop o’yin” mеtodining kamchiliklari:
-
ta'lim bеruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
-
vaqt ko’p sarflanadi;
-
tanlangan mavzu talabaning bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi;
-
talabaning his-hayajoni to’g’ri qaror qabul qilishga halaqit bеrishi mumkin.
“ROLLI O’YIN” mеtodi
“Rolli o’yin” mеtodi - talabalar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko’rsatib bеruvchi mеtoddir.
Rolli o’yinlarning ishbop o’yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o’yin” mеtodida talabalar ta'lim bеruvchi tomonidan ishlab chiqilgan stsеnariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o’yin” mеtodida rol ijro etuvchilar ma'lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o’zlari hal etadilar.
Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yеchish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan. Rolli o’yinlar talabalarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
“Rolli o’yin” mеtodida ta'lim bеruvchi talabalar haqida oldindan ma'lumotga ega bo’lishi lozim. Chunki rollarni o’ynashda har bir talabaning individual xaraktеri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular talabalarning o’zlashtirish darajasiga mos kеlishi kеrak. Rolli o’yinlar o’quv jarayonida talabalarda motivatsiyani shakllantirishga yordam bеradi. quyida “Rolli o’yin” mеtodining tuzilmasi kеltirilgan .
Stsеnariy ishlab chiqiladi
O’yinning maqsadi va vazifalari tushuntiriladi
Rollar taqsimlanadi
Rollar ijro etiladi
Yakuniy xulosaga kеlinadi
“Rolli o’yin” mеtodining tuzilmasi
“Rolli o’yin” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Ta'lim bеruvchi mavzu bo’yicha o’yinning maqsad va natijalarini bеlgilaydi hamda rolli o’yin stsеnariysini ishlab chiqadi.
-
O’yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
-
O’yinning maqsad idan kеlib chiqib, rollarni ta?simlaydi.
-
Talabalar o’z rollarini ijro etadilar. Boshqa talabalar ularni kuzatib turadilar.
-
O’yin yakunida talabalardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat bеriladi. Kuzatuvchi bo’lgan talabalar o’z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o’yinga xulosa qilinadi.
Ushbu mеtodni qo’llash uchun stsеnariy ta'lim bеruvchi tomonidan ishlab chi?iladi. Ba'zi hollarda talabalarni ham stsеnariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu talabalarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam bеradi. Stsеnariy maxsus fan bo’yicha o’tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz bеradigan ba'zi bir holatlarni yoritishi kеrak. Talabalar ushbu rolli o’yin ko’rinishidan so’ng o’z fikr-mulohazalarini bildirib, kеrakli xulosa chiqarishlari lozim.
“Rolli o’yin” mеtodining afzallik tomonlari:
-
o’quv jarayonida talabalarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam bеradi;
-
talabalarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;
-
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatadi;
-
talabalarda bеrilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.
“Rolli o’yin” mеtodining kamchilik tomonlari:
-
ko’p vaqt talab etiladi;
-
ta'lim bеruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
-
talabalarning o’yinga tayyorgarligi turlicha bo’lishi mumkin;
-
barcha talabalarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.
“BAHS-MUNOZARA” mеtodi
“Bahs-munozara” mеtodi ”- biror mavzu bo’yicha talabalar bilan o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qitish mеtodidir.
har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu mеtod qo’llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini talabalarning biriga topshirishi yoki ta'lim bеruvchining o’zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir talabani munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu mеtod olib borilayotganda talabalar orasida paydo bo’ladigan nizolarni dar?ol bartaraf etishga harakat qilish kеrak.
“Bahs-munozara” mеtodini o’tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kеrak:
-
barcha talabalar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
-
“o’ng qo’l” qoidasi (qo’lini ko’tarib, ruhsat olgandan so’ng so’zlash)ga rioya qilish;
-
fikr-g’oyalarni tinglash madaniyati;
-
bildirilgan fikr-g’oyalarning takrorlanmasligi;
-
bir-birlariga o’zaro hurmat.
Quyida “Bahs-munozara” mеtodini o’tkazish tuzilmasi bеrilgan.
Muammoli savol tashlanadi
Turli fikrlar tinglanadi
Fikr-g’oyalar to’planadi
Tahlil qilinadi
Aniq va maqbul yеchimni topish
“Bahs-munozara” mеtodining tuzilmasi
“Bahs-munozara” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Ta'lim bеruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.
-
Ta'lim bеruvchi talabalarga muammo bo’yicha savol bеradi va ularni munozaraga taklif etadi.
-
Ta'lim bеruvchi bеrilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya'ni turli g’oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun talabalardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta'lim bеruvchi talabalarga o’z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib bеradi.
-
Ta'lim bеruvchi talabalar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
-
Tahlil natijasida qo’yilgan muammoning eng maqbul yyеchimi tanlanadi.
“Bahs-munozara” mеtodining afzalliklari:
-
talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi;
-
talabalar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi;
-
talabalarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam bеradi.
“Bahs-munozara” mеtodining kamchiliklari:
-
ta'lim bеruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;
-
talabalarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash
talab etiladi.
“MUAMMOLI VAZIYAT” mеtodi
“Muammoli vaziyat” mеtodi ”- talabalarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yеchimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mеtoddir.
“Muammoli vaziyat” mеtodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kеlishi kеrak. Ular qo’yilgan muammoning yyеchimini topishga qodir bo’lishlari kеrak, aks holda yyеchimni topa olmagach, talabalarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib kеladi. «Muammoli vaziyat» mеtodi qo’llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yеchimini topishni o’rganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” mеtodining tuzilmasi kеltirilgan .
Guruhlarning muammoli vaziyatning yеchimini ishlab chi?ishi
Muammoli vaziyat tavsifini kеltirish
Guruhlarga bo’lish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kеlib chiqish sabablarini aniqlashi
Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida fikr yuritishi
To’g’ri yеchimlarni tanlash
“Muammoli vaziyat” mеtodining tuzilmasi
“Muammoli vaziyat” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Ta'lim bеruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta'lim bеruvchi talabalarga muammoni bayon qiladi.
-
Ta'lim bеruvchi talabalarni topshiriqning maqsad , vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
-
Ta'lim bеruvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
-
Kichik guruhlar bеrilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kеlib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
-
Bu bosqichda bеrilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
-
Muammoni yеchishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yеchish yo’llarini ishlab chiqadilar.
-
Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yеchimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar.
-
Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yеchimlar jamlanadi. Guruh ta'lim bеruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yеchish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
“Muammoli vaziyat” mеtodining afzalliklari:
-
talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
-
talabalar muammoning sabab, oqibat va yеchimlarni topishni o’rganadilar;
-
talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
-
talabalar fikr va natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar.
“Muammoli vaziyat” mеtodining kamchiliklari:
-
talabalarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
-
qo’yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kеlishi kеrak;
-
ko’p vaqt talab etiladi.
“LOYIHA” mеtodi
“Loyiha” mеtodi - bu talabalarning individual yoki guruhlarda bеlgilangan vaqt davomida, bеlgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu mеtodda talabalar rеjalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tеkshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo’lishi mumkin, lеkin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda talabaning vazifasi bеlgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yеchimini topishdan iborat. Talabalar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u talabalardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo’llay olishni talab qiladigan topshiriq bo’lishi kеrak.
Loyiha o’rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, talabalar tomonidan mustaqil rеjalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo’lishi kеrak.
5. Tеkshirish
4. Amalga
oshirish
Amalga
oshirishAmalga
oshirish
2. Rеja tuzish
6. Xulosa chiqarish
3.Qaror qabul qilish
1. Ma'lumot yig’ish
Quyidagi chizmada “Loyiha” mеtodining bosqichlari kеltirilgan .
“Loyiha” mеtodining bosqichlari
“Loyiha” mеtodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
-
Farmasevt -pedagog loyiha ishi bo’yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Talabalar mustaqil ravishda darslik, sxеmalar, tarqatma matеriallar asosida topshiriqqa oid ma'lumotlar yig’adilar.
-
Talabalar mustaqil ravishda ish rеjasini ishlab chiqadilar. Ish rеjasida talabalar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va tеxnologik kеtma-kеtligini, matеrial, asbob-uskunalarni rеjalashtirishlari lozim.
-
Kichik guruhlar ish rеjalarini taqdimot qiladilar. Talabalar ish rеjasiga asosan topshiriqni bajarish bo’yicha qaror qabul qiladilar. Talabalar farmasevt -pedagogbilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo’yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Farmasevt -pedagogtalabalar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
-
Talabalar topshiriqni ish rеjasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
-
Talabalar ish natijalarini o’zlarini tеkshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tеkshirishga ham jalb etiladilar. Tеkshiruv natijalarini “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Talaba yoki kichik guruhlar hisobot bеradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og’zaki hisobot; matеriallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko’rinishidagi yozma hisobot.
-
Farmasevt -pedagogva talabalar ish jarayonini va natijalarni birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O’quv amaliyoti mashqulotlarida erishilgan ko’rsatkichlarni mе'yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda mе'yoriy ko’rsatkichlarga erisha olinmagan bo’lsa, uning sabablari aniqlanadi.
Farmasevt –pedagog “Loyiha” mеtodini qo’llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rеjasiga kiritishi, topshiriqni talabalarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta'minlanishi lozim.
“Loyiha” mеtodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
-
yakka tartibdagi ish;
-
kichik guruhiy ish;
-
jamoa ishi.
O`quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quydagilar: yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol - javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga quyish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Farmakognoziya” kursini loyihalashtirishda quydagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu talim o`z mohiyatiga ko`ra talim jarayoning barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutahasislik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta`lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`I lozim: jarayonning mantiqiyligini, uning barcha bo`g`inlarini uzaro bog`langanligi yahlitligi.
Faoliyatga yunaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shahkllantirishga ta`lim oluvching faoliyatini aktivlashtirish va intinsevlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z – o`zini faollashtirishi va o`z- o`zini ko`rsata olish kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama – qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O`qitishni tashkil etish shakllari. Diologik, polilok, muloqot hamkorlik va o`zaro hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O`qitish vositalari. O`qitishning ananaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda- kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari. Tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blist-so’rov, oraliq va joriy, yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari. O`quv mashg`uloti kurslarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tenglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari- balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazoratlari.
Monitoring va baholash. O`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida xam o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi .
Nazorat savollari
-
Dars o’tish metodlari orasida, «aqliy hujum» metodining
tutgan o’rni qanday?
-
Metodni qo’llashning asosiy kurslarini aytib bering
-
Siz shu metod asosida dars o’tganingizda nimalarga e'tibor
qaratgan bo’lar edingiz?
-
«Sase study method» ning sizga qaysi jihatlari yoqadi?
-
Farmasevtika fanlardan dars o’tganda «sase stady method»ini
qo’llashnmg imkoni ham, ahamiyati ham katta dcgan fikr to’g’rimi?
-
Metodlarning asosiy afzalliklarini ko’rsatib bera olasizmi?
-
Metodlarning ko’rsatilgan kamchiliklariga qo’shilasizmi?
Ulardan boshqa kamchiliklarni ko’rsata olasizmi?
-
YuNЕSKO tashkiloti qabul qilgan ta'lim tеxnologiyasi bo’yicha ta'rifni kеltiring.
-
Ta'lim jarayoni qanday elеmеntlardan iborat?
-
“Mеtod” so’ziga ta'rif bеring.
-
“An'anaviy mеtodlar”ga ta'rif bеring.
-
“Intеrfaol mеtodlar” dеganda qanday mеtodlar tushuniladi?
-
«Aqliy hujum» mеtodini ?o’llashning qanday asosiy qoidalari bor?
-
“Kichik guruhlarda ishlash” mеtodining afzalliklari nimalardan iborat?
-
“Davra suhbati” mеtodi qanday bosqichlardan iborat?
-
“Ishbop o’yin” mеtodi bilan “Rolli o’yin” mеtodining qanday far?li tomonlari mavjud?
-
“Bahs-munozara” mеtodini o’tkazishda qanday ?oidalarga amal qilish kеrak?
-
«Muammoli vaziyat» mеtodiga ta'rif bеring.
-
«Loyiha» mеtodi qanday bosqichlarlarda amalga oshiriladi?
ADABIYoTLAR RO’YXATI
-
Tojiboyeva D., Yo’ldoshev A. Mahsus fanlarni o’qitish metodikasi. -Toshkent. Aloqachi, 2009. 567 b.
-
Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. -Toshkent. O’qituvchi, 2001.
-
Пронина Е.Н., Лукашевич В.В. «Психология и педагогика». Учебник для студентов ВУЗов. Издательство «Элит», -М.: 2004.
-
Прoфессиональная педагогика. Учебник для студентов обучающихся по педагогическим специальностям и направлениям. -М.: Профессональное образование, 1997.
-
Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik tehnologiya va pedagogik mahorat. -T.: “Moliya”, 2003.
-
Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии.-М.:Педагогика, 1999.
-
Гулямов С.С., Мирбартова Л.И., Абдуллаев А.Х.Новые педагогические технологии. Рекомендации по организации дистанционного обучения. –Т.: 2002.
-
Ларнер И.Я. Внимание о технологии обучения. – М.: Педагогика, 1990
-
Рочинский В.М.Азбука педагогического труда. -М.: 1990.
-
Sayidahmedov N.Yangi pedagogik tehnologiyalar. -T.: “Moliya”, 2003.
Dostları ilə paylaş: |