86
asosan, daraxt po‘stlog’ining yoriqlariga bir nechtadan qo‘yishadi.
Embrional
rivojlanishi 20-30 kun davom etadi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar
paydo bo‘ladi. Lichinkalarning yog’ochdagi yo‘llari egri bugri jo‘yaklardan iborat
bo‘lib, ayrim hollarda bir metrgacha cho‘ziladi va unsimon qipiqlar bilan to‘lib
turadi.
Lichinkalarni oziqlanishi 2-2,5 oy davom etadi. Iyul-avgust oylariga borib
lichinkalar yog’ochni yana ham chuqurroq kemirib 5 sm gacha ichkariga kirib
boradi, o‘zlariga uya yasab, u erda qishlaydi. Kelasi
yilning iyul oyiga borib
g’umbakka aylanadi. G’umbakka aylanish 20-30 kun davom etadi. Avgustda
birinchi qo‘ng’izlar paydo bo‘lib, oktyabr oyining oxirlariga borib faqatgina shu
yilgi generastiya qo‘ng’izlarini uchratish mumkin, bular qishni o‘z g’umbaklarida
o‘tkazadilar. Kelasi yilning bahorida qishlovdan chiqishadi. Archa mo‘ylovdori
soyasevar, daraxtlarning kuchsizlangan novdalarida va to‘nkalarida uchraydi.
Archa lubxo‘ri –
Phloeosinus turcestanicus
Sem.
O‘zbekistonda keng
tarqalgan xavfli zararkunanda. Ba’zi joylarda daraxtlarning 20% qismi shular bilan
zararlangan bo‘ladi. Archalarning hamma turlari tanasida va shoxlarida rivojlanadi,
hatto virgin archasida ham uchraydi. Generastiyasi (nasl qoldirish) bir yillik. Aprel
oyining o‘rtalarida iyun oyining oxirigacha qo‘ng’izlarning uchishi davom etadi.
Urg’ochi qo‘ng’izlar bir me’yorda o‘sib turgan archalarga tuxum qo‘yib chiqadi.
Archa lubxo‘ri soya salqin joylarni hush ko‘radi, daraxtning soya tushadigan
janub tomonida ko‘proq uchraydi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar
paydo bo‘ladi, rivojlanishi 40-50 kun davom etadi. Iyul
oyining oxirlariga borib
g’umbakka aylanadi va shu vaqtga borib 1-2 ta yosh qo‘ng’izlari ham hosil bo‘ladi.
Avgust oyi boshlarida yosh qo‘ng’izlarning yalpi uchishi boshlanadi. Yosh
novdalarning o‘zagi qo‘ng’izlar tomonidan kemirilishi natijasida zararlangan
shoxlar erga sinib tushadi.
Qo‘ng’izlar va lichinkalar qishlaydi, lichinkalar daraxt po‘stlog’i ostida
qishlasa, qo‘ng’izlar yosh novdalarning o‘zagini kemirib
oziqlanadi va shu erda
87
qishlaydi. Bunday zararkunanda qo‘ng’izlar bilan kasallangan daraxtlarning
ninabarglari to‘kiladi, kuchsizlanadi va boshqa hashorotlar bilan zararlanadi.
Kurash choralari.
Archa lub kemiruvchisiga qarshi kurash avvalo ehtiyot
choralari va daraxtzorlarni sanitar holatini yaxshilash tadbirlarini ko‘rishdan
boshlanadi. Kuz va qish paytida yangidan zararlangan daraxtlarni aniqlash lozim,
iyul oylarida archa lub kemiruvchisining qo‘ng’izlari paydo bo‘lgan
vaqtda
zararlangan nihollar shoxlarini sanitar holatini yaxshilash maqsadida bir yo‘la qirqib
tashlash kerak, ko‘proq zararlangan daraxtlarni aniqlab insektistidlarni purkash
lozim. Zararkunanda hashoratlarni uchish davri uzoq bo‘lganligi sababli, zaharning
ta’siri uzoq saqlanib turadigan kimyoviy dorilar ishlatish kerak.
GXTSG (geksaxlorstiklogeksan) gamma izomerning 16 %li meneral yog’li
emulsiyasi bu talabga javob beradi. Agar shu sharoitda GXTSG gamma izomerini
ishlatish imkoniyatlari bo‘lmasa, u vaqtda pretroid insektistidlarni ishlatish lozim.
Zararli hashoratlarni yalpi yo‘qotish maqsadida insektistidlarni hashoratlar keng
tarqalgan manbaga, ya’ni
quriy boshlagan daraxtlarga, to‘nkalarga va
zararkunandalar qishlaydigan joylarga sepiladi.
Zararkunandalarga qarshi kurashni g’umbak paydo bo‘lishidan boshlash
kerak. Agar daraxtlarni har xil zararkunanda parazit va yirtqich hashorotlar bilan 60
foizgacha zararlangani aniqlansa, dalolatnoma tuzib, daraxtlarni butunlay kesish va
yoqib yuborish chorasini qo‘llash kerak.
Zararkunanda hashorotlarni qirib tashlash uchun 2-3 foizli (yoki 0,12-0,25
foizli) preparat (amaldagi modda hisobida), GXTSG gamma izomerning 16 foizli
mineral-yog’ emulsiyasi hamda piretroidli insektistidlarni (nurel, ambst) ishlatish
kerak.
Archa kasalliklari. Turli xil kasallik qo‘zg’atuvchilar o‘simliklarda rivojlanib
biotik va abiotik omillarning ta’siri ostida patologiya jarayonlari paydo bo‘ladi,
natijada o‘simliklar kasallanadi. Mana shu patalogik jarayonlar ta’sirida
o‘simliklarning fiziologik
funkstiyalari buziladi, to‘qimalar va o‘simliklarning
88
morfologik organlarida o‘zgarish sodir bo‘lib quriydi. O‘simliklarning
manzaraviyligi buziladi va nihoyat ularni batamom nobud bo‘lishigacha olib boradi.
Dostları ilə paylaş: