Tayanchtushunchalar:funksiya, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining funksiyalari, pedagogik diagnostika turlari, faoliyat, pedagogik faoliyat, tashxislash, pedagogik faoliyatni tashxislash.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining funksiyalari. Pedagogning turli pedagogik vaziyatlarda mavjud muammolarni hech bir qiyinchiliksiz, oqilona hal etishi uning yuqori darajada kasbiy kompetentlika ega bo‘lishiga bog‘liq. Qolaversa, inson resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘sib borayotgan hamda mehnat bozorida kuchli raqobat yuzaga kelayotgan mavjud sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishi mazkur muammoning dolzarbligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogik tashxislash orqali pedagog faoliyatini aniqlashtirish, uni amaliy vazifalarni hal qilishga yo‘naltirish, pedagogning kasbiy kompetentliginini takomillashtirish19, o‘quvchilarning bilim hamda tarbiyalanganlik darajasini, shuningdek, o‘quvchilar jamoasining tarbiyalovchi ta’sirini kuchaytirish mumkin. Yu.P.Shapran bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning kasbiy kompetentlik darajasini tashxislash masalasini bir qator kompetentliklar, xususan, qadriyatli- yo‘naltiruvchi, tabaqalashtirilgan-psixologik, strategik, autopsixologik, tashkiliy, metodik, axborotli-texnologik, fan, etimologik, salomatlikni asrash, innovatsion- ijodiy, ijtimoiy-kommunikativ va shaxsiy kompetentlik asosida o‘rgangan.
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik tashxislash pedagogik jarayonni baholash
va
korreksiyalash uchun tashxis ob’ekti (pedagogning ma’lum sifati, kasbiy malakasi, kompetensiyasi, o‘zlashtirish darajasi, tajribasi)ni belgilovchi real ko‘rsatkich va o‘zgarish an’analari to‘g‘risidagi tezkor axborotga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Tashxislashda eng muhim omil muddatning belgilanishidir. Ya’ni: tashxislanadigan har qanday holat ma’lum vaqt oralig‘idagina o‘rganiladi. Zero, ana shu vaqt oralig‘i o‘rganilayotgan holat to‘g‘risida real, ob’ektiv ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Tashxislashda kuzatuv muddatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 2 soat, 1 hafta, ikki hafta, 1 oy, 6 oy, 1 yil, 3 yil yoki 5 yil.
Har qanday soha, xususan, tibbiyot va psixologiyada bo‘lgani kabi pedagogikada ham pedagogik tashxis aniq holatlar, ularning darajasini belgilovchi mezon hamda ko‘rsatkichlarga muvofiq amalga oshiriladi. L.S.Vыgotskiy shaxsning rivojlanishini tashxislashni quyidagi holatlar bo‘yicha amalga oshirishni
19 Шапран Ю.П. Диагностика профессиональной компетентности будущих учителей биологии
//https://sibac.info/conf/pedagog/xxii/30254.
maqsadga muvofiq deb topadi: empirik, etimologik va topologik jihatdan, tashxis, bashorat hamda korreksiyalash (to‘g‘rilash) nuqtai nazaridan20.