Oilaningtarbiyaviyimkoniyatlarinitashxislash. Yosh avlodni har tomonlama kamolga yetkazishda oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash va
116 Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Мет.қўлл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, М.Усмонбоева, Д.Иноғомова. – Т.: ТДПУ, 2012. – 118-б.
117 Курбатова Е.И. Воспитательный потенциал семьи // https://urok.1sept.ru/articles/412578.
tashxis natijalariga ko‘ra oila tarbiyasi samaradorligini oshirish choralarini belgilash pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Oilaningtarbiyaviy imkoniyatlarinitashxislash–uningfarzandlarniharjihatdansog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhitvasog‘lomturmushtarziegabo‘lishhamdafarzandlarnioilaviyhayotgasamaralitayyorlashdagikuch-quvvati,qobiliyatinio‘rganish,tahlilqilish vabaholash. Farzandlarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lib kamol topishlarida oilaning iqtisodiy ta’minlanganligi, ota-onalar hamda oilada yashovchi keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligi, oila a’zolarining o‘zaro va atrofdagilar (qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, hamkasblar, tengdoshlar) bilan o‘zaro samimiy munosabati, ota-onalarning o‘z farzandlarining hayotiy intilishlari, xohish-istaklarini tushuna olishi, shuningdek, ularning muayyan qobiliyatga egaliklarini o‘z vaqtida anglashi, oilada mehnat taqsimotining to‘g‘ri, oqilona tashkil etilganligi, ota-onalar va keksa avlod vakillarining farzandlarga teng huquqlilik asosida munosabatda bo‘lishi, yoshligidan farzandlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlay olishi, ularda oila xo‘jaligini yuritish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi muhim ahamiyatga ega.