Ota-onalar va farzandlarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga
egaligini tashxislash
Farzandlarning oila qurishga ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan tayyorligini tashxislash
Farzandlarning oila xo‘jaligini yuritishga tayyorligini tashxislash
25-rasm. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash yo‘nalishlari
Farzandlarni tarbiyalashda oilada sog‘lom psixologik muhitning qaror topganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom psixologik muhit mavjud bo‘lgan oila odatda “sog‘lom oila” deb nomlanadi.
Sog‘lomoila–oilaa’zolariaxloqiye’tiqod,sog‘lomturmushtarziko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadiganvao‘zaroqo‘llab-quvvatlaydigan,moddiyjihatdanyetarlichata’minlanganoila. Oilaning sog‘lomligi – uning ijtimoiy ko‘rsatkichi bo‘lib, jamiyat, mahalladagi o‘rni, mavqeini ham belgilab beradi.
Sog‘lom oilalarda, odatda, uning a’zolari bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, har bir sub’ektning qiziqishlari, xohish-istaklaridan xabar bo‘linadi, ijobiy mazmunga ega hayotiy intilishlari o‘zaro qo‘llab-quvvatlanadi. Qolaversa, farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan oila an’analari shakllanadi. Oilaviy qadriyatlar ota-onalar, farzandlar, keksa yoshli oila a’zolari o‘rtasida hamjihatlik, ahillikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Shaxslararo munosabatlar ma’naviy-axloqiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday oilada har qanday zo‘ravonlik, kamsitish, huquqiy tengsizlik, kimgadir alohida imtiyoz berish kabi holatlar inkor qilinadi. Aksincha, oilaga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar imkon qadar ota-onalar, oilaning keksa yoshli a’zolari o‘rtasida, ayrim holatlarda farzandlar ishtirokida o‘zaro maslahat asosida hal qilinadi. Odatda, sog‘lom oilaning a’zolari ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘ladi. Eng muhimi, sog‘lom oilaning a’zolari ularning axloqan yetuk, jismonan, ruhan tetik bo‘lishlariga yordam beradigan odatlarni o‘zlashtiradi.
Boshqacha aytganda, sog‘lom oilalarda ijtimoiy axloq talablariga rioya qilinadi. Ya’ni, oila a’zolari tomonidan spirtli ichimliklarni, giyohvand, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tartibsiz jinsiy hayot, ishratparastlik, bir-birlariga qo‘pol muomalada bo‘lish, jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlik inkor qilinadi. Bu kabi ijtimoiy axloq talablariga bo‘ysunmaslik, ularga zid ish ko‘rish oilaning nosog‘lomligidan dalolat beradi.