O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə36/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks ettirilgan turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli.
Ushbu metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hujjatlarni ijtimoiy ahamiyatlilik nuqtai nazaridan o‘rganishga xizmat qiladi. Pedagogik tadqiqotlarda kontent-tahlil metodi asosiy metod sifatida turli, masalan, gazetaning siyosiy yo‘nalishini, muayyan ijtimoiy guruhning jamiyatdagi mavqeini o‘rganish uchun matnning mazmunini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, ushbu metod pedagogik tadqiqotlarda qo‘shimcha metod sifatida ham foydalaniladi.
Hamma hujjatlar ham mazmun nuqtai nazaridan tahlil qilinmaydi. Metodni qo‘llash uchun kontent-tahlilning aniq maqsadi belgilanishi lozim. Bunda tadqiq qilinayotgan mazmun zarur tavsiflarni ishonchli qayd qilish (rasmiylashtirish tamoyiliga muvofiq), tadqiqotchini qiziqtirayotgan mazmunning tarkibiy elementlarini muayyan izchilikda qo‘lga kirita olish (statistik ahamiyatlilik tamoyili asosida) imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Aksariyat holatlarda kontent-tahlilning ob’ektlari sifatida radio, televidenie hamda matbuot xabarlari, uchrashuvlarga oid bayonnomalar, rasmiy va norasmiy xatlar, mas’ul tashkilotlar tomonidan chiqarilgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, shuningdek, intervyu hamda ochiq anketalarning ma’lumotlaridan foydalaniladi46.
Kontent-tahlil, asosan, uchta yo‘nalishga ega. Ular:

  1. matn bilan tanishgunga qadar nima sodir bo‘lganligi hamda u yoki bu holatning nima uchun ushbu matnda aks etganliginini aniqlash (bu yerda matn o‘rganilayotgan ob’ektning ma’lum jihati: borliq, muallif yoki matn yo‘naltirilgan shaxsning holatini yoritadigan indikator sifatida namoyon bo‘ladi);

  2. matnni faqat undagina mavjud bo‘lgan muayyan belgilar (til xususiyati, tarkibiy tuzilmasi, xabarning janri, nutqning sur’ati (ritmi) yoki ohangi kabilar) asosida o‘rganish;

  3. matn e’lon qilinganidan keyin, aniqrog‘i, matn u tegishli bo‘lgan shaxs (adresant)ga yetib borganidan keyin sodir bo‘ladigan holatni aniqlash (turli ta’sirlarning samarasini baholash)47.


  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin