O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə46/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Pedagogik o‘lchovlar. Tashxislash yoki tadqiqotni amalga oshirishda pedagogik o‘lchovlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘lchash – qandaydir belgining ahamiyati, qiymatini aniqlash jarayoni. O‘lchov (yoki o‘lchov birligi) muayyan ko‘rsatkichni miqdor jihatdan baholash uchun qabul qilingan kattalik.
Ko‘p holatlarda qiymat raqamdagina emas, balki tushunchalar yordamida
ham
ifodalanadi. O‘lchash o‘lchanadigan xususiyat bevosita kuzatish metodi yoki o‘lchov asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Aniq fanlarda o‘lchashda ma’lum qiymat (ko‘rsatkich) boshqa bir qiymat (ko‘rsatkich) bilan solishtiriladi. Bu turkumga kiruvchi fanlarda o‘lchov birliklari standart, etalon sifatida qabul qilingan.
Ijtimoiy fanlar, xususan, sosiologiya, psixologik va pedagogik fanlarida standart, etalon bo‘lgan o‘lchovlar mavjud emas. Qolaversa, psixologik va pedagogik hodisalarning o‘lchov (belgi, fazilat, xususiyat, omil)lari yashirin, maxfiy bo‘ladi.
Shu sababli psixologik va pedagogik hodisalarni faqatgina bir yo‘l bilan, ya’ni, ularning bevosita namoyon bo‘lishiga ko‘ra taxminan baholash mumkin. Qolaversa, ijtimoiy fanlarda tegishli hodisalarni o‘lchash uchun ma’lum mezonlar aniqlanadi va ular amaliyotda foydalanish uchun qabul qilinadi.
Pedagogik o‘lchov ma’lum qoidalarga muvofiq ob’ektlar va ularga xos xususiyatlarning raqamlardagi ifodasini anglatuvchi kattalik.
O‘lchash, odatda, bevosita (muayyan standart, tayanch o‘lchagich, mezonlar asosida) yoki bilvosita (boshqalarning yordamida yoki muayyan vositalar asosida) amalga oshiriladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin