6-mavzu. Uzluksiz ta’limda pedagogik nazoratni tashkil qilishning ilmiy asoslari
Reja:
Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni.
Pedagogik nazorat turlari.
Pedagogik nazorat funksiyalari.
Pedagogik nazorat tamoyillari.
Pedagogik nazoratning psixologik va pedagogik jihatlari.
Tayanch tushunchalar: nazorat, pedagogik nazorat, pedagogik nazoratning tuzilishi, pedagogik nazorat turlari, pedagogik nazorat funksiyalari, pedagogik nazorat tamoyillari.
Pedagogiknazorat,uningtuzilishivamazmuni. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda pedagogik nazorat olib borish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, nazorat pedagogik jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri hisoblanadi. Nazorat jarayoni o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.
Nazorat(ta’limjarayonida)–ta’lim oluvchiningbilim,ko‘nikmavamalakalari darajasinianiqlash,o‘lchashvabaholash jarayoni. Pedagogiknazorat–uningyetakchiligivatashkilotchiligiasosidao‘qituvchivao‘quvchilarningfaoliyatinio‘zarobirlashtirganholdao‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgantekshirish xarakteriga egayagonadidaktikvametodiktizim. Nazorat yordamida ta’lim muassasasining rahbariga o‘quvchilarning yutuqlarini baholash, bilimlarni o‘zalshtirishdagi muammolarlarni aniqlash, rejalashtirilgan, amalga oshirilgan va erishilgan ta’lim darajalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, innovatsion xarakterdagi o‘qitish metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini anglash, o‘qituvchilarning mehnatini tenglashtirish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda boshqa yana bir qagcha vazifalarni hal qilish uchun ob’ektiv ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Nazorat qilishda fan mazmunini o‘zlashtirish talablarini standartlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni natijalarini nazorat qilish mazmuni davlat ta’lim standartlari (DTS)da bo‘lib, unda majburiy minimal mazmun va bitiruvchilarning rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanadi.
Ta’lim natijalarini baholovchi nazorat mazmuni o‘quvchilarning intellektual xususiyatlarini umumiy nuqtai nazaridan o‘rganishni taqozo qiladi. O‘quvchilarning bilim darajasini baholashda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarining puxta o‘zlashtirilganligi ahamiyatidir.
Nazoratning mazmuni nafaqat o‘qitiladigan va ular o‘qishning natijasi sifatida ko‘rishni xohlagan narsani aks ettiradi, balki o‘rganishning ma’lum
ustuvorliklarini belgilaydi. Nazorat jarayonida, ayniqsa nazorat tashqi ko‘rinishda bo‘lsa va baholar ta’limda ma’muriy qarorlar qabul qilish uchun ishlatilsa ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan talablar muqarrar ravishda o‘qituvchining kundalik ishida ko‘rsatma bo‘lib qoladi.
Nazorat va baholovchi faoliyat muayyan tarkibiy asoslarga ega. Ular: mavzular, bo‘limlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatish orqali tushunchali
ko‘rsatkichlarni ajratish;
empirik ko‘rsatkichlarni shakllantirish (savol, topshiriq va boshqalar); kutilayotgan natijalarni qo‘lga kiritish jarayonini nazorat qiluvchi modelni
yaratish;
nazorat tadbirlarini o‘tkazish;
model va o‘quvchilarning haqqoniy javoblarini solishtirish;
baholovchi g‘oyalarni shakllantirish va ular yordamida nazorat yoki baholar qo‘yishni davom ettirish yuzasidan qarorlar qabul qilish.
Qayd etilgan tarkibiy asoslar o‘qituvchining nazorat-baholovchi faoliyatining tuzilmasida mavjud bo‘ladi. Pedagogik nazorat an’anaviy vositalar yoki testlardan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Nazoratning asosiy mohiyati o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan nazariy bilimlarni amaliyotga izchil tatbiq etilishini o‘rganishdir.
O‘qituvchining nazorat va baholash faoliyati tuzilmasining tarkibiy qismlari orasida nazorat mazmunini hamda baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib olish muhim hisoblanadi.
Kundalik o‘quv jarayonida o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning o‘zlashtirish natijalarini aniqlash, baholash, tahlil qilish pedagogik nazorat orqali amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayon natijalarini aniqlash va o‘lchash jarayoni tekshirish deb ham ataladi.