Qutblishkala(qarama-qarshitomonli, ya’ni, musbat (+) va manfiy(–)gaajratuvchishkala). Ahamiyatli qarama-qarshi belgilar (masalan, mehribon
qahri qattiq, issiq – sovuq, yaxshi – yomon va shu kabilar) chekka nuqtalari bo‘lgan ushbu usul shartli shkalani baholash uchun tavsiya qilinadi.
Qutblar orasi ixtiyoriy miqdordagi qism (ball)larga ajratiladi.
Masalan, o‘quvchining matematika faniga bo‘lgan ishonch darajasi qutblar oralig‘idagi quyidagi shkalalardan birini ko‘rsatishi lozim (qutblar o‘qituvchi yoki mutaxassis tomonidan mustaqil tanlanadi):
(Juda qiziqadi) 10 – 9 – 8 – 7 – 6 – 5 – 4 – 3 – 2 – 1 (Mutlaqo qiziqmaydi).
Intervalli shkala (intervalli o‘lchash).Bu turdagi shkala ham pedagogik diagnostika va tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega.
Intervallishkala(intervallio‘lchash)–ob’ektlarorasidagimasofaaniqlanganda hamda barcha ob’ektlar uchun umumiy turg‘un o‘lchovbirligibelgilangandaob’ektlarsonigaberiladigantartib,maqomniifodalovchi shkala. Boshqacha aytganda, intervalli shkalada o‘lchashning birligi va mashstablari ifodalanadi. Shkalaning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanadi. Masalan, test sinovi shkalasi, o‘quvchi tomonidan muayyan fanni o‘zlashtirish dinamikasini qayd etuvchi shkala.
Intervalli shkala – miqdoriy ko‘rsatkich bo‘lib, unga misol qilib sonlarda, bo‘lish amalidan tashqari, ifodalanadigan barcha arifmetik amallarni ko‘rsatish mumkin. Ammo, intervalli shkala test nazoratida bir ob’ektning ustunligini uning javoblari (10 ta to‘g‘ri javob)ini boshqa ob’ektning kam nisbatan javoblari (5 ta to‘g‘ri javob)i asosida belgilashga xizmat qilmaydi.