O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə57/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir.
Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv faoliyati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.

  1. Pedagogik nazorat turlari. Tashxislashda pedagogik nazoratning turlaridan foydalaniladi. Ularning sirasiga o‘z-o‘zini nazorat qilish (o‘z-o‘zini baholash) kiritilmaydi. Pedagogik jarayonda nazoratning quyidagi turlaridan foydalaniladi (14-rasm):


14-rasm. Pedagogik nazorat turlari





  1. Boshlang‘ich nazorat. Bu nazorat turi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tizimli tarzda amalga oshirilmaydi. U o‘quvchilarni tanlov asosida ixtisoslashgan, muayyan kasbga yo‘naltirilgan sinflarga tanlab olish davrida o‘qituvchining tashabbusi bilan tashkil etiladi va asosiy e’tibor ta’lim jarayonini individuallashtirishga qratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi ta’limni maktab amaliyotiga tatbiq qilishda boshlang‘ich nazorat “o‘rtamiyona shaxsni shakllantirishga qaratilgan” an’anaviy o‘qitishdan voz kechgan holda yangi o‘quv materialining bir qadar kuchli yoki kuchsiz o‘quvchilar tomonidan individual o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratishni ta’minlaydi. Ekspress- nazorat (tezkor nazorat) xarakteriga ega bo‘lgan pedagogik testlar boshlang‘ich nazoratning samarali bo‘lishini xizmat qiladigan vositadir.


  2. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin