O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə32/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Suhbat metodi. Pedagogik diagnostikada suhbat metodidan ham maqsadli, samarali foydalaniladi.

Suhbat metodi savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi.
Mazkur metod pedagogik kuzatish chog‘ida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni


40 Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 199-200-б.
boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi.
Suhbat individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Odatda suhbat jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish muhim. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va manaviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli nutqi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabati tasirchan usullardan hisoblanadi. Suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi.
O‘quvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar rag‘batlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.
Quyidagi shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini taminlaydi:

  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik, izchillikni taminlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

  3. suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;

  4. suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  5. suhbatdosh bilan munosabatning samimiy bo‘lishiga erishish;

  6. suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

  7. savollarning aniq, qisqa, ravshan berilishiga erishish;

  8. olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.

O‘quvining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar uchun quyidagi mavzular yo‘nalish sifatida tanlanadi:

  1. etik mavzular (ijtimoiy manaviy-axloqiy meyorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va b.);

  2. estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi);

  3. siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va h.k.);

  4. ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va b.).

Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. O‘quvchilar bilan suhbat davomida o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.
Pedagogik jarayonda suhbatning quyidagi turlari qo‘llaniladi:

  1. kirish suhbati (o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat);

  2. yakuniy suhbat (o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni

umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);

  1. Katexisizm (qisqa bayonli suhbat; lot. “catec’ēsis”, qad. yun. “κατηχισμός”

  • o‘git, nasihat; o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi, ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi);

  1. evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi; unga ko‘ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish laqyoati yuzaga keladi);

  2. tushuntirish (o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish bo‘lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi; tushuntirish chog‘ida o‘quv materialining qiyin o‘rinlariga urg‘u berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq)41.


  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin