Fundamental tadqiqotlar dasturlari ro’yxati: 1F. Matematika, mexanika va informatika.
2F. Fizika va astronomiya.
3F. Ximiya, biologiya va meditsina.
4F. Qishloq xo’jaligi.
5F. Mashinasozlik va energetika.
6F. Yer to’g’risidagi fanlar.
7F. Bozor iqtisodiyoti, davlat va huquq nazariyasi.
8F. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.[A.Radjabov, “Ilmiy tadqiqot asoslari”,8-bet]
Amaliy tadqiqotlar texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini, iste’mol mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to’plangan ilmiy omillarni amaliy tadqiqotlar orqali o’z o’rniga qo’yishdir. (Masalan, urug’lik mahsulotlarni saralash elektrotexnologiyasi va texikasini yaratish, energiya tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron motorlarni quvvat koeffitsiyentini oshirish texnik vositasini ishlab chiqish va h.k.lar).
Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko’rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug’lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.). Fundamental va amaliy tadqiqotlarda olim amalda mavjud bo’lgan, lekin noma’lum narsa yoki hodisani tavsiflash va tushuntirishga harakat qilsa, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari ustida ishlovchi ilgari mavjud bo’lmagan narsani o’ylab topish va yaratish haqida g’am chekadi. Birinchi holda narsani tabiat yoki inson qanday qilib yaratganligini bilish va tushunish kerak bo’lsa, ikkinchi holda narsani qanday yaratish mumkinligini bilish va tushunish talab etiladi. Bu holat tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining fan tizimidagi alohida o’mini belgilaydi. Ular, bir tomondan, ilmiy faoliyatning alohida turi sifatida qaralishi mumkin, boshqa tomondan esa - texnik va texnologik vazifalami «tayyor» ilmiy bilimlar asosida yechishdan iborat bo’lgan muhandislik faoliyati sifatida amal qiladi.[A.Radjabov, “Ilmiy tadqiqot asoslari”,9,10-betlar]
Masalan, aerodinamika sohasidagi fondamental tadqiqotlar gaz muhitida gazlar va jismlar harakatining qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Olimlar aerodinamik jarayonlaming mohiyatini tushunishga harakat qilib modellar va nazariy sxemalami tuzadilar, umumiy teoremalarni ta’riflaydilar. Aerodinamika sohasida amaliy tadqiqotlar muayyan amaliy vazifalami echish nazariyasini yaratish maqsadida olib boriladi. Mazkur tadqiqotlarda qanot nazariyasi, vint nazariyasi, samolyot dinamikasi, aerodinamik vibratsiyalar nazariyasi va hokazolar rivojlantiriladi.Nihoyat,tadqiqotchilik ishlanmalari konkret uchish apparatlarining loyihalarini yaratishda qo‘yiladigan texnik vazifalami yechishga qaratilgan tadqiqotlarni o’tkazish bilan bog’liqdir. Bunda aerodinamikaning o’zidangina emas, balki fanning boshqa sohalaridan ham ma’lumotlami keng jalb qilishga to’g’ri keladi (masalan, kimyodan berilgan xossalarga ega bo’lgan alohida sun’iy materiallami ishlatish zaruriyati tug’ilganida).[Shermuhamedova N.A, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”,168-bet] Fundamental, amaliy tadqiqotlar va tadqiqotchilik ishlanmalari o’rtasida aniq chegara mavjud emas, ular ko’pincha bir-biri bilan bog’lanadi. Tadqiqotchilik ishlanmalari turli xil loyiha-konstruktorlik ishlari sohasiga fanni bevosita kiritadi. Bu soha fan sohasi bilan qisman kesishadi va qisman uning chegarasidan chetga chiqib, tajriba namunalarini yaratish va sinovdan o’tkazish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va undan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish va o’zlashtirish bilan bog’liq amaliy ishlami ham o’z ichiga oladi.
Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaralanishi ko’pchilik hollarda shartli bo’lsada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi birlashtirib turadi.
Quyidagi rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o’zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o’zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi.
Shuningdek, fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig’ida o’zaro bog’langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar - ishlanma - loyiha joylashgan.
Fundamental ilmiy tadqiqot-inson, jamiyat va tabiiy muhitning tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari haqida yangi bilimlarni olishga qaratilgan eksperimental yoki nazariy faoliyat. Ular hodisalarning asoslari va ushbu bilimlarni amaliy qo’llash bilan bevosita bog’liq bo’lmagan kuzatiladigan faktlar haqida yangi bilimlarni olishga qaratilgan. Fundamental ilmiy tadqiqotlarning yakuniy maqsadi qonunlar, nazariyalar, gipotezalar, tamoyillar, tadqiqot yo’nalishlari va boshqa shakllarda ifodalangan yangi ilmiy bilimlarni olishdir.
Asosiy ilmiy tadqiqotlar yo’naltirilgan bo’lishi mumkin, ya’ni amaliy qo’llash bilan bog’liq ilmiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Fundamental tadqiqotlarning yagona ta’rifi yo’q, ammo shuni ta’kidlash mumkinki, bu umumiy xususiyatga ega bo’lgan va hodisalar, jarayonlar yoki hodisalarning ma’lum bir sinfiga nisbatan qo’llanilishi mumkin bo’lgan gipotezani (nazaryani) ishlab chiqish yoki tekshirishni o’z vazifasi qilib qo’ygan tadqiqotdir.