O'zbekiston respublikasi va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 250,5 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü250,5 Kb.
#140827
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi

1.1Shaxs tushunchasi.
Inson dunyoga individ sifatida keladi. Individ deganda biz odamning insonlik jinsiga mansubligini tushunamiz. Individga yangi tug‘ilgan chaqaloq ham, katta yoshdagilar ham, til va oddiy malakalarni egallay olmaydigan telbalar ham kiradi. Lekin ulardan ijtimoiy munosabatlarga qatnashuvchi, jamiyatda ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi.
Shaxsning uch asosiy belgisi bor:
1. Shaxsning ijtimoiyligi.
2. Ongi.
3. O‘zini anglashi.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida , biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql idrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma xildir. Masalan , genetic (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetic jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya , fe`l atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
5

Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan,


ijtimoiy tarixiy anʼana, turmush tarsi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik
jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan chaqaloq ijtimoiy munosabatlar tizimiga duch keladi va ijtimoiy tajribalarni atrof-muhitdagi kishilar bilan bo‘lgan munosabatlarda egallay boshlaydi. Unda narsa va hodisalarga, atrofdagi kishilarga bo`lgan munosabatlarda faollik paydo bo`ladi. Ijtimoiy muhit bilan organizim orasidagi qarama-qarshiliklar jiddiylashadi va ularga moslashish, yengish jarayonida faollik kuchayadi. Faollik shaxsga xarakterli bo`lgan xulq-atvor motivlarida, amal-usullarida keyinchalik bolani tevarak-atrofdagi voqelikni o`zgartirishga qaratilgan turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Odamga ta`sir qilayotgan hamma tashqi ta`sirlar ijtimoiy shart-sharoitlar tizimi yoki faoliyatning ichki sharoitlari bilan o`zgartiriladi va shaxs shakllana boshlaydi. Individuallik shaxs xususiyatlarini boshqa bir kishida qaytarilmasligidir. Uning tarkibiga xarakter, temperament, qobiliyat, qiziqish kabilar kiradi. Ikkita bir-biriga xarakter, temperament, qobiliyat va boshqa xususiyatlari aynan o`xshagan kishini topib bo`lmaydi. Inson shaxsi o`zining individualligi bilan qaytarilmasdir. U o`zining qadr-qiymati va xususiyatlari bilan jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta`lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan xislatlari bilan paydo bo`lgan aniq tirik odamdir. Inson shaxsi o`zining individualligi bilan qaytarilmasdir.
6
U o`zining qadr-qiymati va xususiyatlari bilan jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta`lim-
tarbiya jarayonida yuzaga kelgan xislatlari bilan paydo bo`lgan aniq tirik odamdir. Odam jamiyatda turli-tuman vazifalarni bajaradi va har turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. Shaxsning turli faoliyatlarda (o`yin, mehnat, o`qish, shuningdek oila va maktab, ish joyida) turlicha namoyon qilgan xislatlari bir-biriga mos keladi va u shaxsning yaxlitligini ko`rsatadi.
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiy-iroda sohalarida ham kam chiliklar kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasidagi kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik, qo'rquv, kayfiyatining tez-tez o`zgarishi kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lsa, ayrim bolalarda qo`zg`aluvchanlikning ortishi, asabiylashganlik, yig`loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan norozilik xislatlarida aks etishiga sabab bo‘lsa, yana boshqa bolalarda atrofdagi voqea-hodisalar va odamlarga befarqlik, irodasizlik kabi xislatlar keltirib chiqaradi. Masalan, Dizartirik bolalarning shaxs xususiyatlarini oladigan bo`lsak ularda: Bolani o'z kuchiga ishonchsizlik tuyg'usi va xulqidagi o'zgarishlar ko'proq darajada bolaning nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin qarindoshlarining munosabatlariga bog'liq. Ayrim oilalarda ota-onalar bolaning o'rniga barcha ishlarni bajarishga harakat qiladilar va buning oqibatida bolalarda tobelik, boqim andalik hislari uyg'onadi va ular o'zgalar yordamisiz biror-bir faoliyatni bajara olmaydilar. Bolalar serebral falaji asoratidagi dizartrik bola o'z faoliyatiga ehtiyoj sezmaydi, atrofdagilarga nisbatan negativ munosabatlarda bo'ladilar. Bolalar serebral falajida nutq nuqsonlarining darajalariga ko'ra sog'lom tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin. Bunday bolalarni sog'lom aka-ukalari bilan muloqoti ularga ijobiy ta ’sir etadi. Bolalar serebral falaji nuqsoniga ega bolalar kamsitish, masxara qilishlarga juda ta’sirchan bo'ladilar va bularning barchasi ularning xulqlarida salbiy aks etishi mumkin.Yana bularga ko`pgina misollar keltirishishimiz mumkin. Ya`ni Odatda, kichik yoshdagi bolalar, agar duduqlanish juda kuchli bo'lmasa o'z nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduqlanish biror-bir hodisadan so'ng to'satdan yuz bersa, bunda bola bu holat va nutq muloqotining chegaralanishida qattiq ta ’sirlanadi, tushkunlikka tushadi.

7

Ayrim hollarda bola umuman gapirmay qo'yadi , bu holatni biz mutizm deb ataymiz.


Duduqlanuvchi bola o'z nuqsonini anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat qiladi. Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuqsonni oldini olishda atrofdagilarning munosabati katta rol o'ynaydi. Ota-onalar o'z farzandlariga duduqlanishi paydo bo'lish davrida yordam berishlari va uning nutqiy rivojlanishiga samarali ta ’sir etish hollari kam dan kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar duduqlanuvchi farzandlariga haddan ziyot e ’tiborli bo'ladilar. Ayrim ota-onalar duduqlanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o'zlari bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xatolarini bolaga ko'rsatadilar va to'g'ri nutqqa taqlid qilishni talab etadilar. Buning oqibatida bola o'z nuqsonini yanada chuqurroq anglab yetadi. Bola to'g'ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi, ya’ni duduqlanuvchi bola o'zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi. Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlarga bo'lgandek munosabatda bo'ladilar. Ular bolalarning ko'ngillariga qaraydilar, ham dardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojlanishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini tushunadi va bundan «unumli» foydalanishga harakat qiladi. Ayrim bolalar o'z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat qiladilar, lekin bu usul bilan duduqlanishni bartaraf etish mumkin emas. Hatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyon bo'lsa ham , ikkilamchi ruhiy buzilishlar ortib boradi. Duduqlanuvchi bolalar maktabga kelgach, ijtimoiy muhitdagi o'zgarishlar va majburiyatlarining ortib borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab mamuriyati, o'qituvchilarning qattiqqo'lligi tufayli duduqlanishi kuchayishi yoki «yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo'lishi mumkin. Duduqlanuvchi bolani o'qituvchilar har doim ham tushunmaydi va ularni bir-biriga bo'lgan munosabatlari duduqlanuvchi va sinfdoshlari o'rtasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir etadi. Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda bo‘ladi. Ko'p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari hisobiga noto'g'ri baholanishi va

8
shunga o'xshash sabablarga ko'ra o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotadilar.


Ular maktabni yomon ko'rib qoladilar, darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan chetda qoladilar, xulqida qo'shimcha kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim duduqlanuvchi o'quvchilar darsni bilmasliklarini nutqiy nuqsondan foydalanib berkitishga harakat qiladilar. Agar o'qituvchi bolaning nutqiy nuqsoni haqida tushunchaga ega bo'lsa, unda bolaning javobini shoshirmasdan kutib turadi, duduqlanish holati o'tib ketgandan so'ng u o'z fikrini bayon etishga va bilimlarini namoyon etishga imkon yaratadi. Agar o'qituvchi bola nuqsoni haqida tushunchaga ega bo'lmasa, uning jim turishini darsni tayyorlamaganlik deb tushunib, uni noto'g'ri baholashi mumkin. Duduqlanuvchi bolalarda kek saqlash, xafsirash, gum onsirash, o'zgarishlarga ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomotorikasida buzilishlar kuzatiladi. Duduqlanishning giperstenik shaklidagi bolalarda asabiylashishning kuchayishi, qo'zg'aluvchanlik, xulqida giperfaollik kuzatiladi. Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar umumiy holsizlik, ish qobiliyatining sustlashganligi bilan ta ’riflanadi. Taxilaliyali bolalar odatda o'z nuqsonlarini anglab yetadilar , shuningdek, ularning nutqiy muloqotga kirishish qonuniyatlari cheklangan bo'ladi. Bunday bolalarga atrofdagilarning munosabatlari turlichadir. Ko'p hollarda taxilaliyali bolalar o'z tengdoshlari tomonidan kamsitiladilar. Ota-onalarning haddan tashqari qayg'urishlari va nutqiga nisbatan talablari taxilaliyali bolalarning xulqidagi salbiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Sistemali nutq buzilishlarida shaxs xususiyatlari: Alaliya — homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida bosh miya po'stlog'idagi nutq zonalarining organik jarohatlanishi natijasida nutqning rivojlanmay qolishi. Ko‘p hollarda alalik bolalarni og'ir ko'rinishlarida aqli zaiflik, zaif eshituvchi va ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda idrok etish, diqqat, xotira bilan bir qatorda shaxslararo munosabatlar ham buziladi. Agar alalik bola o'zgalarning nutqini tushuna olsa, atrofdagilar esa bolaning nima demoqchi bo‘lganini tushunmaydilar va bola asabiylashadi. Alalik bolada nutqiy muloqotga ehtiyoj kuchli bo'ladi. Motor alalik bolalar xulq-atvori o'ziga xos xususiyatlarga ega: atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol namoyon bo'lgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez

9

tormozlanishlar , yangiliklarga salbiy munosabatda bo'lishi; shuningdek, bola xarakterida patologik sifatlar, asabiylik, tez xafa bo'lishi; nutqiy faollikning yetarli darajada emasligi kuzatiladi. Bunday bolalar ko'pchilik hollarda qiziquvchan, o'quvli, ishchan bo'ladilar. Biroq kichik yoshdagi bolalarda va yangi sharoitga (bolalar bog'chasi, maktab) moslashishning dastlabki bosqichlarida xulq atvori va hissiy-iroda sohalarida qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin (bir joyda o'tiraolmaslik, qo'zg'aluvchanlik yoki uyatchanlik, tez tormozlanish, qaysarlik). Sensor alalik bolalar bilan muloqotga kirishish qiyin bo'ladi. Xulq atvori o'ziga xos xususiyatga ega (qo'zg'aluvchan, xarakterlari impulsiv, o'z nutqiga tanqidiy qaramaydilar, bilish darajasi past bo'ladi). Sensor alalik bolalar hikoyani uzoq vaqt tinglay olmaydilar, mazmunini tushunmaganliklari uchun qiziqishlar tez yo'qoladi va t inglamay qo'yadilar. Bunday bolalarda o'zgalar nutqini tushunishning yo'qligi natijasida o'zlarining nutqlari ham buziladi. Sensor alalik bolalarda uzoq xavotirlanish, baqirish, sakrash, o'ynash, taqillatish hollari kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o'z kamchiliklarini m a’lum darajada anglaydilar. Sensor alalik bolalar muloqot uchun imo-ishoralar, jestlar, mimikalardan foydalanadilar. Bunday bolalar musiqa tinglashni yoqtiradilar, musiqa ularni tinchlantiradi, baland ohangda gapirishlar, baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi. Sensor alalik bolalarning ayrimlari maxsus og'ir nutq kamchiliklariga ega bolalar uchun mo'ljallangan ta ’lim muassasalarida ta ’lim oladilar. Afaziya — markaziy, organik turga oid og'ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Bu ko'proq katta yoshdagi kishilardagi bosh miya qon aylanishining buzilishi oqibatida paydo bo'ladi.



Yüklə 250,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin