O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 176,13 Kb.
səhifə3/5
tarix22.10.2017
ölçüsü176,13 Kb.
#9830
1   2   3   4   5

Bajarilayotgan amallarda operandlardan hyech bo’lmaganda bittasi haqiqiy turga mansub bo’lsa, u holda hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy turga tegishli bo’ladi. Bo’linma natijasi har doim haqiqiy son bo’ladi.

Paskal tilida darajaga ko’tarish amali yo’q. Shuning uchun sonlarni butun

darajaga ko’tarish ularni ko’p marta bir biriga ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Haqiqiy darajaga ko’tarish logarifmlash orqali bajariladi: xn = enlnx yoki xn = 10 nlgx.

Paskal tilida butun sonli berilmalar uchun div va mod amallari mavjud bo’lib, butunga bo’lish va bo’linma qoldig’i amallarini anglatadi.



Masalan: 11 div 3 = 3 ; 11 mod 3 = 2.

  Munosabat va mantiqiy amallar.  Paskal tilida ikkita mantiqiy konstanta true(chin) va false(yolg’on) ishlatiladi. Bular miqdorlarni taqqoslashda va ba’zi shartlarni tekshirishda qo’llaniladi. Ma’lumotlarni taqqoslash uchun quyidagi munosabat amallaridan foydalaniladi: < (kichik),<= (kichik yoki teng),= (teng), <>(teng emas); > (katta),>= (katta yoki teng).

Munosabat amallari sonli ma’lumotlar uchun qo’llanilganida mantiqiy qiymatlar hosil bo’ladi. Masalan: 96 >73 (chin), -8 > -3 (yolg’on), 4=7 (yolg’on), 16 <>22 (chin).

Mantiqiy ma’lumotlar uchun quyidagi mantiqiy amallardan foydalanish mumkin: or- qo’shish (va); and- ko’paytirish (yoki); not - inkor (yo’q). Or va and mantiqiy amallar ikkita kattalik bilan, not amali esa bitta kattalik bilan bajariladi.



Mantiqiy qiymatlar ustida amallar natijasi quyidagicha:


a

b

not a

a or b


a and b

true

true

false

true

true

true

false

false

true

false

false

true

true

true

false

false

false

true

false

false



Misol. Agar a = 25 va b = 20 bo’lsa:

a) (a>10) or (b<12) (true) b) (a>10) and (b<3) (false)

c) (a>10) or (b>12) (true) d) (a>10) and (b>12) (true)
Standart funksiyalar. Paskal tilida quyidagi standart funksiyalar mavjud.

Paskal tilida standart funksiyalar


Funksiya

Belgilash

Funksiya

Belgilash

absolyut qiymat

abs(x)

kvadratga ko’tarish

sqr(x)

argtangens

arctan(x)

yaxlitlash

round(x)

kosinus

cos(x)

argument butun qismi

trunc(x)

sinus

sin(x)

juftlikni tekshirish

odd(x)

natural logarifm

ln(x)

oldingi qiymat

pred(x)

kvadrat ildiz

sqrt(x)

navbatdagi qiymat

succ(x)

eksponenta

exp(x)







Odd(x) funksiyasining argumenti toq bo’lsa true, aks holda false natijani beradi. Pred(x) va succ(i) funksiyalar oldingi (i-1) va navbatdagi (i+1) qiymatlarni beradi. Masalan. pred(7)=6 ; succ(23)=24

  Ifoda. Paskal tilida ifodalar o’zgarmaslardan, o’zgaruvchilardan, funksiya-lardan, amallar ishorasidan va qavslardan tuzilgan bo’ladi. Ifodalarda qatnashayot-gan o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va funksiyalar dasturda e’lon qilingan bo’lishi yoki standart nomiga ega bo’lishi kerak. Sonli qiymatlarni hisoblash uchun arifmetik ifoda qo’llaniladi. Arifmetik ifodada bo’lish va ko’paytirish amallari qo’shish va ayirish amallaridan oldin bajariladi. Masalan: 3 + 2*5 –3 ifodaning bajarilishidan 10 hosil bo’ladi.

Bir xil o’rinli amallar ishtirok etgan ifodalarda ular chapdan o’ngga qarab bajariladi. Masalan. 4*6/3 ifoda natijasi 8 ga teng.

Qavs ichiga olingan ifodalar birinchi navbatda bajariladi.



Masalan. (7-2)*(5+4) ifoda natijasi 45 ga teng

Arifmetik ifodada haqiqiy va butun turdagi ma’lumotlar qatnashishi mumkin , natija ham mos ravishda haqiqiy yoki butun bo’ladi.
Oddiy yozuvda
Paskal tilida



(a+12.686)/(s2-1.87E3)+gamma



exp(abs(2*sin(4*x)+x)/(3*x)))



(2*2*2+ln(1.13))/(sin(2*x)/cos(2*x))



(sqr(a)+exp(1.17*ln(2)))/sqrt(x+y)

Mantiqiy ifoda. Mantiqiy ifodalar mantiqiy qiymatlar, mantiqiy va munosabat amallari, arifmetik hamda belgili qiymatlar qatnashib, natijasi true va false qiymat bo’lishi mumkin. Unda amallar quyidagi tartibda bajariladi:

1. not (yo’q);

2. * (ko’paytirish),/ (bo’lish), div, mod, and (va)

3. + (qo’shish), - (ayirish), or (yoki);

4. < (kichik),<=(kichik yoki teng),= (teng),<> (teng emas), >= (katta yoki teng), > (katta);

Bitta satrda berilgan amallar bir xil bajarilish o’rniga ega. Mantiqiy ifodalar-da faqat oddiy qavslar yoziladi.

Masalan. 1) (A>3) and (B=A+6) or not (c=4)

2) (A<=x) and (x<=B) or (c<=x) and (x<=d)

1.4. Paskal tilida ma’lumot (berilma)lar

Ma’lumotlar deganda dasturni tashkil etgan operatorlarning ishlashi uchun unda qatnashayotgan parametrlarga beriladigan yoki ular qabul qiladigan qiymatlar tushuniladi. Dasturda sonli, mantiqiy va harfiy qiymatlarni aniqlaydigan ma’lumotlar ustida amallar bajariladi.

Dastur yozishda, uning hajmini qisqartirish maqsadida, ma’lumotlar-ning qiymatlari emas, balki ularning nomlari qo’llaniladi.

Hamma ma’lumotlar oddiy tuzilishga ega bo’lib, skalyar (o’zgaruvchi) va murakkab qismlarga bo’linadi. Paskal tilida skalyar ma’lumotlarning quyidagi turlari qo’llaniladi: butun (integer), haqiqiy (real), mantiqiy (boolean), belgili (char) va satrli (string) .



Ma’lumotlarning turi o’zgaruvchi, o’zgarmas, funksiya hamda ifoda-larni qaysi turga tegishli ekanligini, ularni mashinada tasvirlanishini va ular ustida bajariladigan amallar natijalarining turini aniqlaydi.

Biz quyida standart turlar bilan tanishamiz.

a) Integer turi.  Integer turi butun sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Maxint standart identifikatori orqali mashinada tasvirlanadigan eng maksimal butun son beriladi.

Butun operandalar ustida quyidagi arifmetik amallarni bajarish mumkin, ya’ni bularning bajarilishidan hosil bo’lgan natija ham butun buladi: * - ko’paytirish, div - butun hosil qilish uchun bo’lish; mod - qoldiqni hosil qilish amali; + - qo’shish, - - ayirish amali.

Masalan. a) 17 div 2 = 8 ; 19 div 2 = 9; 7 div 17 =0.

b). 17 mod 2 = 1; 7 mod 15 = 7; 19 mod 2 =1.

Munosabat natijalari mantiqiy turga tegishli bo’lib, chin(true) va yolg’on (false) bo’lishi mumkin.

  b) Real turi.  Haqiqiy sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni real turi aniqlaydi. Haqiqiy operandalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin, ya’ni ularning bajarilishidan hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy bo’ladi: ko’paytirish, bo’lish, qo’shish , ayirish.

Haqiqiy natijani hosil qiluvchi funksiyalarda haqiqiy argumentlarni

qo’llash mumkin: abs(x), sqr(x), sin(x), cos(x), argtan(x), ln(x), exp(x), sqrt(x).

Haqiqiy operandalar uchun qo’llaniladigan munosabat amallari mantiqiy

natijani beradi: chin yoki yolg’on.

  c) Boolean turi. Bu tur mantiqiy chin(true) yoki yolg’on(false) qiy-matlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Mantiqiy operandalar uchun quyidagi amallarni qo’llash mumkin: not - inkor, and - kon’yunksiya ("va"), or - diz’yunksiya ("yoki"). Paskal tilida mantiqiy tur quyidagicha aniqlangan: falseBu esa integer va real turdagi ma’lumotlar uchun munosabat amallarini qo’llash imkonini beradi.

  d) Char va String turi. Bu tur Paskal tilining belgilarini va tartiblangan belgilar ketma- ketligini aniqlaydi. Bu belgilar soniga bo’shliq ( ) ham kiradi. Harfli o’zgaruvchilarning yoki o’zgarmaslarning qiy-mati har doim apostrof ichiga olingan bo’lishi kerak.

Masalan: 'aaa', 'xa-xa', 'IBM'-satr o’zgarmaslar, 'K', 'B' - harfli o’zgaruvchilar qiymati.

Paskal tilida dasturning umumiy tuzilishi

Paskal tilida dastur- sarlavhasi va dastur tanasidan iborat bo‘ladi. Dastur sarlavhasi program xizmatchi so‘zidan va dastur nomidan iborat.

Dastur tanasi yozilish tartibi qat’iy saqlangan holda quyidagi qismlardan tuzilgan:

1) nishonlarni aniqlash (label);

2) o‘zgarmaslarni aniqlash (const);

3) turlarni aniqlash (type);

4) o‘zgaruvchilarni aniqlash (var);

5) prosedura va funksiyalar (procedure; function);


Yüklə 176,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin