O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Xorazmda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning tarixiy muammolari ko’lami



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə4/11
tarix24.05.2022
ölçüsü116,5 Kb.
#116172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati

2. Xorazmda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning tarixiy muammolari ko’lami.
1937-1991 yillarni qamrab olgan tarixiy jarayonning mazmuni vatanimizning siyosiy-huquqiy jihatidan milliy mustaqillikka erishishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ammo, XX asrning oxiriga kelib, Xorazm vohasi va uning tabiiy ravishda davomi bo’lgan Sariqamishbo’yi sarhadlarida ikki mustaqil davlatlar paydo bo’lganligi bois, avvalgi sernam va serunum keng pasttekislikdagi madaniy-xo’jalik markazlari va uning tarkibini hosil qilgan mikrovohalarning yaxlitligi barham topdi (Mustaqil Turkmaniston respublikasi). SHu sababdan, Turkmaniston respublikasi xududi tarkibiga kirgan madaniy-xo’jalik markazlarida joylashgan tarixiy yodgorliklarda mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalaridan foydalanish imkoniyati cheklanganligini qayd qilish joiz. Vatanimizning mustaqillik yillarida Xorazm vohasidagi madaniy-xo’jalik markazlaridagi qadimgi va ilk o’rta asrlarga mansub bo’lgan aholi maskanlarini o’rganish borasida arxeologik guruhlar va ekspeditsiyalar tashkil etilganligi o’lka tarixshunosligida yangicha mazmun kasb etdi. O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Qaroqolpog’iston respublikasi filialining Arxeologiya bo’limi va Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamkorligidagi arxeologik guruh xodimlari Aqshahonqal’da yo’lakli ikki qatorli mudofaa devor, to’g’riburchakli va burchaklarida kvadrat burjlar, nayza uchli shinaklarning joylashish xususiyati, darvozalar oldidagi to’g’riburchakli labirinti to’g’risida ma’lumotlarni ilmiy jamoatchilik e’tiboriga taqdim qildilar.1 SHu bilan birga, To’qqal’a, Kuyukqal’a, Mizdahqon Gaurqal’asi arkida, Bug’roxonda olib borilgan qazish ishlari natijasida olingan arxeologik ashyolar qadimgi va ilk o’rta asr shaharlari mudofaa kompleksini o’rganishda muhim o’rin egallaydi. Xorazm Ma’mun akademiyasi(1997y) qayta tashkil etilgandan keyin, Xorazm viloyati hududidagi tarixiy yodgorliklarda keng tarzda arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi. 1996-2001 yillarda ushbu satrlar muallifi rahbarligidagi Al- Xorazmiy Urganch Davlat universitetining arxeologik guruhi Savkan madaniy-xo’jalik markazi Olmaotishgan-2 yodgorligida arxeologik tadqiqotlarni olib borib, uning yo’lakli paxsa va kvadrat g’ishtli devor, yarim aylanali burjiga oid ashyolarni olishga muyassar bo’ldi.2 Xorazm Ma’mun akademiyasi va Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining birlashgan ekspeditsiyasi Toshqal’a-2, Hazoraspning shimoli-g’arbiy burchagida qazish ishlarining olib borilishi natijasida mudofaa inshootlari tarixiga doir yangi ma’lumotlar olindi. Xorazm vohasining o’ng qirg’oq hududidagi ilk o’rta asr shaharlari tarixini keng sur’atda o’rganilishi Djanpiqqal’adan boshlandi, uning natijasi asosida yakuniy ilmiy tadqiqot vujudga keldi.3 Bu tadqiqotda IX-XIII asrlar boshlaridagi Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi Jampiqqal’aning ilk o’rta asr mudofaa tarixiga doir ma’lumotlar keng o’rin olgan. M. Mambetullaev Kuyukqal’a, M.To’rabekov Mizdahqon yodgorliklarida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bordilar, natijada ilk o’rta asrlar qishloq va shaharlarining mudofaa tizimi tarixiga doir ashyolar olindi. Ushbu satrlar muallifi 2001-2010 yillar davomida Yormish madaniy-xo’jalik markazi bo’lgan Katqal’aning shimoli-sharqiy burchagiga yaqinidagi mudofaa devorni kesish ishlarini olib borishi natijasida, yo’lakli ikki qatorli paxsa va kvadrat g’ishtli devor va uning yuzasi bo’ylab joylashgan yarim aylana burjini o’rganishga muvaffaq bo’ldi4. Ilk o’rta asr karvonsaroylari bo’lgan Sartarosh, Eshonrabot va Mesheklida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi tufayli ilk o’rta asrga oid ashyolar olindi. M. Mambetullaev, G’. Hodjaniyazovlarning Xorazm vohasi va Amudaryoning g’arbiy tomonidan boshlangan sug’orma dehqonchilikka qulay bo’lgan pastekislikning Qoraqumgacha tutashgan va janubiy tomondagi Ungizi Qoraqumdan to Orol dengizigacha bo’lgan qoq pasttekislikda turli tarixiy davrda qad qo’tarilgan qishloq va shaharlarida olib borgan arxeologik izlanishlari yakuniga bag’ishlangan tadqiqotida Xorazm vohasining antik davrda jamiyatini qamrab olgan urbanizatsiya jarayoni natijasi bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, qishloq va shaharlarning rejalashtirilishi va ularning mudofaa tizimi o’z yechimini topgan. Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asrlar qishloq va shaharlar arxeologik jihatidan keng tarzda o’rganilishi natijasida, ularning rejalashtirilishi, muhandischilik, me’morchilik, harbiy bilimlari taraqqiyotini yorqin tasvirlaydigan manbalar olindi. Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asr qishloq va qal’alarining mudofaa tizimiga oid noyob materiallarning to’planishi asnosida, ilmiy-nazariy jihatdan xulosalangan tadqiqotlar ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilindi. Ammo, Xorazmning qadimgi qal’alarining mudofaa tizimining mahalliy ildizlari, uning vujudga kelishi va shakllanish jarayoni, qadimgi va ilk o’rta asr mudofaa tizimi taraqqiyotidagi o’zaro aloqadorligi va o’zaro ta’siri ilmiy tadqiqotlarda o’z mazmunini topmagan. SHuni ta’kidlash joizki, Xorazmning qadimgi qishloq va shaharlarining mudofaa tizimi tarixini ilmiy tahlil qilishda ko’proq Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi qal’alalaridan olingan materiallar asosiy manba bo’lganligi ko’zga tashlanib, so’l sohilining shimoli-g’arbiy hududidagi yodgorliklarida (Xorazm viloyati hududida) arxeologik qazish ishlari sust darajada olib borilgan. Amudaryoning o’ng va so’l sohilidagi hududlarida mavjud bo’lgan sug’orma dehqonchilik vohalarining ijtimoiy-iqtsodiy va etnomadaniy markazlari bo’lgan qishloq va shaharlarda keng miqyosda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan noyob ashyolar mil. avv. VI asr o’rtalaridan-milodiy UI11 asrlarni qamrab olgan tarixiy jarayonda ajdodlarimizning xo’jalik turmush tarzi, sug’orma dehqonchilik madaniyati, ko’ptarmoqli hunarmandchilik taraqqiyoti asnosida, shaharsozlik madaniyati, davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi, tarixiy-siyosiy vaziyat taqozosi bilan paydo bo’lgan qishloq va shaharlarning joylashishining umumjihatlari va o’ziga xos xususiyatlari, topografik tuzilishi, mudofaa inshootlari klassifikatsiyasi ilmiy-nazariy jihatidan tahlil qilish e’tiborga olinmagan.
Arxeologik yodgorliklarning o’rganilishidagi yangi bosqich 1991 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat bo’lib, jaxon taraqqiyotida o’z o’rnini topishi bilan bog’liqdir. Bu davrda tarixiy obidalarni xar tomonlama ilmiy asosda chuqur o’rganish imkoniyati vujudga keldi. 1991-95 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali xodimi M.Mambetullaev raxbarligida Xiva otryadi Xiva shaxrining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonini o’rganish maqsadida arxeologik qazish ishlari olib bordi, natijada shahar mil.avv. V asrga oid ekanligi aniqlandi. Urganch Davlat Universitetining Q.Sobirov raxbarligidagi arxeologiya va etnografiya guruxi 1994-1996 yilda Katqal’a, Olmaotishgan-II yodgorlikning mudofaa tizimini o’rganish maqsadida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bordi va natijada mudofaa devor, aylana shakldagi bo’rj o’rganildi. 1991 yildan boshlab V.N.Yagodin raxbarligidagi gurux Beruniy tumani xududagi Kazaklijatkan yodgorligida qazish ishlari olib borldi, natijada mudofaa devor, turtbo’rchakli minoa o’rganildi. Yodgorlik mil. avv.v. IV asr bilan belgilangan5. 1997 yildan arxeologik tadqiqot ishlari Xazorasp qal’asining markazda olib borilib, undan olingan materiallar mil. avv.v VI-V asrlarga oid ekanligini ko’rsatdi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya Institutining Xiva mintaqaviy bo’limi va Ma’mun Akademiyasining tashqil etilishi bu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib, Xorazm viloyati xududidagi tarixiy yodgorliklarni ilmiy o’rganish sohasida keng ufklar ochdi. Bu davrda Xorazmning qadimgi davr, ilk o’rta asr madaniyati tarixiga oid bir qator ilmiy tadqiqot ishlari keng jamoatchilikka takdim etildi. Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlarning janubiy Xorazm xududida olib borgan arxeologik tadqiqotlar yakuniga doir “Drevnosti yujnogo Xorezma” (1991) asari e’lon qilindi. Bu asarda janubiy Xorazm xududidagi antik va ilk o’rta asrga doir yodgorliklar, ularning to’zilishi, mudofaa tizimi to’g’risida ma’lumotlar berdi. M.Mambetullaev “Istoriya i kul’tura yujnogo Xorezma antichno epoxi»( goroda i naselenie v IV do n.e. IV v.n.e.) (1994). Bunda Xorazm vohasida urbaniyazatsiya jarayoni shahar madaniyatining kelib chikishi va rivojlanish jarayoni, qadimgi shaharlar va ularning rejalashtirilishi, qisman mudofaa yoritilgan. Tadqiqotda antik davr shaharlari mudofaa tizimi, harbiy -texnika, qurol-aslaxa shaharlarning klassifikatsiyasi ko’rsatib berilgan. Lekin antik davr shaharlarning mudofaa tizimining mahalliy manbasi, mudofaa inshootlarini rivojlanish tarixi, qo’shni halqlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalar tarixi, antik davr shaharlarining mudofaa tizimi bilan ilk o’rta asr shaharlari mudofaa tizimining vujudga kelishi jarayonidagi o’zaro ta’sir va aloqadorlik masalalari Xorazm mudofaa tizimining jaxon me’morchiligi, qurilish bilimida tutgan o’rni va axamiyati ilmiy asosda yoritilmagan.
Xorazmning antik davr shaharlari mudofaa tizimiga bagishlangan maxsus tadqiqot G.Xujaniyozovning “Fortifikatsiya drevnego Xorezma” (1996) bo’lib antik davr shaharlari va uning mudofaa tizimi tahlil qilingan, shu jihatdan xam bu tadqiqot mil. avv.v. IV asr Xorazm shaharlarinin joylashishi, rejalashtirilishi qurilish texnikasi va usuli, mudofaa tizimi tarixini o’rganishga muhim qo’llanma xisoblanadi. Bu ilmiy tadqiqotda xam qadimgi shaharlar mudofaa tizimining mahalliy manbasi, qurilish va me’morchilik bilimlari tarixi, antik davr mudofaa bilimlarning ilk o’rta asr shaharlarining vujudga kelish jarayonida (Ayniqsa, uning mudofaa tizimidagi taraqqiyoti) o’zaro aloqadorligi, o’ziga xos xususiyatlari, Xorazm mudofaa tizimi maktabining vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni ilmiy jihatdan tahlil qilingan emas.
Xorazm vohasining o’ng qirg’oq xududidagi shaharlarning keng o’rganilishi natijasida O.Dospanovning “Gorodskaya kul’tura pravoberejnogo Xorezma v epoxu srednevskov’ya” (po materialam Djanpikkala) nomli ilmiy tadqiqot vujudga keldi. Bu tadqiqotda IX-XIII asrlar boshlaridagi Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi Janpikqal’a to’g’risila keng ma’lumot mavjud bo’lib, Xorazmning ilk o’rta asr mudofaa tarixini o’rganishda muhim material beradi.

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin