zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
maxsus jihozlangan yashirin
ovoz berish kabinalari;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi,
ish rejasi, navbatchiliklar
jadvali haqidagi
axborot;
saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus
stend;
barcha ro‘yxatga olingan nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar
saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga
ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan
kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);
yong‘inga qarshi vositalar.
Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek
ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi
lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
49-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov
komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning
5-bobi
.
Dostları ilə paylaş: