452-modda. Soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
|
Foydali qazilmalar guruhi
|
Soliq solish obyektining nomi
|
Soliq stavkalari, foizlarda
|
1.
|
Energiya manbalari
|
Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati
|
10
|
Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha
|
5
|
Yer ostiga joylashtirilgan gaz
|
2,6
|
Ko‘mir, yonuvchi slanslar
|
4
|
2.
|
Qimmatbaho metallar
|
Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar
|
7
|
3.
|
Rangli metallar
|
Mis, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, alyuminiy
|
7
|
Boshqa rangli metallar
|
10
|
4.
|
Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari
|
Uran, toriy, radiy
|
8
|
Volfram
|
2,7
|
Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy
|
8
|
Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy
|
8
|
Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari
|
8
|
5.
|
Nodir tosh xomashyosi
|
Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo‘l-yo‘l aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xomashyosi
|
10
|
6.
|
Qora metallar
|
Temir
|
2
|
Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar
|
4
|
7.
|
Kon-kimyo xomashyosi
|
Mineral pigmentlar
|
5,5
|
Yod
|
4,8
|
Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral o‘g‘itlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi
|
3,5, biroq
5 000 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan
|
8.
|
Kon-ruda xomashyosi
|
Eruvchan shpat, dala shpati xomashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha), tabiiy grafit
|
7,9
|
Shisha xomashyosi, kvars qum, brusit marmar
|
3
|
Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xomashyosi, felzit
|
4
|
Serpentinit va boshqa kon-ruda xomashyosi
|
5
|
9.
|
Noruda qurilish materiallari
|
Sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari tsem�nt xomashyosi
|
5
|
Sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh
|
22 500 so‘m/tonna*
|
Tabiiy bezaktoshdan bloklar, arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, gips toshi, gips va angidrid, ganch, marmar, ohaktosh-chig‘anoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granitlar, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz‑porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin
|
5, biroq 5 000 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan
|
G‘isht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar, qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi
|
5, biroq 3 750 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan
|
Ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit — gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar
|
5
|
10.
|
Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
|
Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi
|
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xomashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadi. Sement ishlab chiqarish uchun faqat ko‘mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
(452-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Dostları ilə paylaş: |