ilmi nujum”
kitobi ham bordir. Bu kitob
XII asr dayoq
lotin va
ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi,
balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini
boshlab berdi. Yevropada mashhur bo‘lgan alloma nomi
XVI asr da Oydagi kraterlardan biriga berilgan.
* O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, mada- niyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘- lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi nav batda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avva- lambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Islom Karimovning 2014-yil 16-mayda Samarqandda bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi so‘z- lagan nutqidan. Mustaqillik yillarida
Ahmad al-Farg‘oniy ning noyob il-
miy merosi xalqimizga qaytarildi.
1998-yil oktabr da alloma
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.
Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy nomi bilan bog‘ yaratildi va
buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.
Madaniy va ma’naviy uyg‘onish. IX asrning ikkin chi yarmi da xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar boshqa ruvi-
ning qaror topishi bilan madaniy hayotning rivoji uchun keng
94
yo‘l ochiladi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg‘onish
davri boshlandi.