Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari
qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘-
rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
1004-yilda shakllangan
“Dor ul-hikma va maorif” (“Bilim donlik va maorif uyi”) – “Ma’mun akademiyasi”ning
asosini
Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034),
Abulxayr ibn Ham mor (991–1048),
Abu Sahl Masihiy (970–1011),
Abu Rayhon Beruniy (973–1048),
Abu Ali ibn Sino (980–1037)
va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan
so‘ng “
Dor ul-hikma va maorif ”ning faoliyati tugatilgan, olim -
larning ko‘pchiligi
G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabr da O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
den tining “
Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tash kil etish to‘g‘risida ”gi farmoni chiqdi.
2006-yil kuzi da Respub-
li ka mizda “
Xorazm Ma’mun akademiyasi ”ning 1000 yilligi
nishonlandi.
2014-yil may oyida Samarqand shahrida O‘rta asrlarda
Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va muta-
fakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va
anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va
roliga baho berish maqsadida “
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivi lizatsiya rivojidagi roli va aha miyati ” mavzusida
xalqaro
konferensiya o‘tkazildi. Unda el
likka yaqin mamlakatlardan
tashrif buyurgan vakillar ishtirok etdi. Konferensiya yakunida
te gishli hujjatlar qabul qilindi.