O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


-§. AMIR TEMURNING JAHON TARIXIDA



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

35-§. AMIR TEMURNING JAHON TARIXIDA
TUTGAN O‘RNI
Tayanch tushunchalar: Amir Temurning Vatanimiz va jahon 
tarixida tutgan o‘rni, Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning 
e’tirofida,
 mustaqillik yillarida Amir Temur xotirasining tiklanishi.
Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan 
o‘rni.
 
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. 
Hin diston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan 
Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab 
olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik 
Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash 
ko‘li va elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan 
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va 
Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning 
shaharlarini ham qayta qurdirdi. 
Bag‘dod, Darband 
va 
Baylakon 
shaharlari shular jumlasidandir. eng muhimi eron, 
Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham 
berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini 
tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin 
Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, 


128
xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan 
hissa qo‘shdi.
Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya 
kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik 
aloqalar o‘rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan 
davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. 
Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini mo‘g‘ullarning bir yarim 
asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni 
tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda 
xo‘jalikning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilikda muayyan 
siljishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug‘orma 
dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki 
va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, 
shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin