1. O„zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot obyekti, nazariy metodologik
tamoyillari.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o`zining uzoq va betakror tarixiga ega bo`lganidek,
O‗zbekistonning, o`zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq
Turon, Turkiston deb e‘tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga
ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda
mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq,
shiddatli chorrahalaridan biri bo`lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon,
arab, rus xalqlari bilan ma‘lum darajada aralashuvi sodir bo`lgan, ularning madaniyati, fani,
san‘ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O‗zbekiston xalqining boy
va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O‗zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat
tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo`lib, qariyb 3000 yil
davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko`tarilgani
jahonga ma‘lum.
Vatanimiz tarixi o`zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa
qo`shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg‗oniy, Ibn
Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur,
Mirzo Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o`zbeklar,
butun turk dunyosi, qolaversa, butun yer yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi kqhna shaharlar bugungi kunda
jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O‗zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va
jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me‘morchilik
majmualari va yodgorliklarni ko`rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste‘dodi va
yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o`qimoqdalar, ta`zim qilmoqdalar.
Muqaddas yerimiz orqali o`tgan Buyuk ipak yo`li Osiyo va Yevropadagi xalqlar va
mamlakatlarni bir-biriga bog‗lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha-necha
ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o`tmishini «O‗zbekiston
tarixi» fani o`rgatadi.
Tarix - arabcha so`z bo`lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya
qilish» ma‘nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o`tmishdan bizgacha yetib
kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
«O‗zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
va ma‘naviy hayotini xolisona o`rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O‗zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli
takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko`tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani,
adabiyot va san‘atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o`zbeklarning xalq, millat bo`lib shakllanish
jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma‘naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va
ularning ichki va tashqi siyosatini o`rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma‘lum bir davrlarda
boshqa davlatlarga qaram bo`lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli
bo`lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun
kurashini va bunda mardlik, jasorat kqrsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini
keng rejada qrgatadi.
«O‗zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi, mustaqillik
yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor
iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o`rgatadi.
«O‗zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko`zgu,
ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar majmuasidir.
O‗zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiy fanlardan farqli o‗laroq mustaqil fan.
Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‗z o‗rni va mavqeiga ega. U barcha fanlar tarixini
ham o‗z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu, uning o‗rganish predmeti va
ob'ekti hamda vazifasida to‗la namoyon bo‗lmog‗i kerak. Tarix fani o‗z xususiyatiga ko‗ra,
birinchidan, o‗zining butun diqqat e'tiborini faqat o‗tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa
chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy – madaniy,
ma'naviy – mafkuraviy qadriyatlarni o‗rganadi. Ikkinchidan, O‗zbekiston tarixi fani boshqa
ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va
hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‗rganiladi. Shuningdek,
tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dallilarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon,
qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqea bo‗lganligi aniqlanadi. Bo‗lib o‗tgan
voqelik ko‗lamining aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl – tamoyillari
va holati aniqlanadi. Uchinchidan, O‗zbekiston tarixi fani o‗tmishdagi iqtisodiy – ijtimoiy
hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‗rganadi, ulardan
kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa, kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‗ladi.
To‘rtinchidan, O‗zbekiston tarixi fani ko‗p qirralik va xilma – xillik xususiyatiga ega. U jamiyat
taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini
uzviy o‗zaro bog‗liqlikda, bir butunlikda o‗rganadi. O‗zbekiston tarixi fani, O‗zbekistonning
o‗tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar,
insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‗rganish
Dostları ilə paylaş: |