Zamonaviy odam ko„rinishining shakllanishi: Peshonaning torligi va shishib turishi yo„qolgan; pastki jag„ning oldinga chiqib turishi kamaygan; harakatlar yengillashgan va chaqqonlashgan; barmoqlar mehnat qurollarini ancha nozik bajargan.
haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan yevropa paleoliti bilan bog‗lab kelar edilar. Ammo
so‗nggi yillarda O‗zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‗pgina tadqiqotlar bu
masalaga ancha oydinlik kiritdi.
1980-yil arxeolog O‗.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‗ona vodiysidagi Selung‗ur
(So‗x tumani) g‗oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo‗ldilar. So‗nggi tadqiqotlar
natijalariga qaraganda Selung‗ur ilk paleolit davriga
oid bo‗lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu
qatlamlardan juda ko‗plab ibtidoiy tosh qurollar
topilgan. Bu qurollar ko‗p hollarda Olduvoy
qurollariga o‗xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning
fikrlariga
qaraganda,
Selung‗ur topilmalarining yoshi 1 mln.yildan
ziyodroqdir. Selung‗ur topilmalari orasidan eng
ahamiyatlisi qadimgi odam jag‗ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg‗ona
odami» – «Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi
tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekistonning
insoniyat paydo bo‗lib rivojlangan o‗choqlardan biri ekanligini uzil – kesil isbotlaydi. Bundan
tashqari fanga 1963-yillardan beri ma'lum bo‗lgan Ko‗lbuloq makonidan (Shimoli – sharqiy
O‗zbekiston, Toshkent vil.) ham ko‗p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‗lib, uning eng pastki
qatlamlari ilk paleolit (ashel) davriga, yuqori qatlamlari esa o‗rta va so‗ngi paleolit davrlariga
oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit
qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100 dan ziyod chopper, nukleus, qirg‗ich va tarashlag‗ich
tosh qurollar topilgan.
Dastlabki sivilizatsiya ma‗lum darajada til va yozuvlar bilan ham bog‗liq. Yozuv
madaniyatining eng qadimgi o‗choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda
ham yozuv mil.avv. paydo bo‗lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini
xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‗ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval
yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini
yarata boshlagan. Bu harakat axmoniylar davrida ma‗lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis
olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‗g‗d, Xorazm, Baxtar, Parfiya
kabi o‗lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‗ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb
ta‗kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari
bo‗lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz
turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‗ur, so‗g‗d yozuvlarini qo‗llaganlar.
Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‗lib, ular takomillasha
borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo
madaniyatining rivojiga o‗z ulushini qo‗shgan. Respublikamiz hududida tillarning shakllanishi
bir necha ming yillarni o‗z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda
qadimgi mahalliy tillar - turkiy, so‗g‗diy bo‗lgan. O‗rta asrlarqa esa ular bilan birga forsiy, arab,
chig‗atoy va eski o‗zbek tillari rivoj topa boshlagan.