O`zbekiston tarixi


Ajdodlarimizning ilk diniy e„tiqodlari. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə11/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Ajdodlarimizning ilk diniy e„tiqodlari. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi. 
Urug‘chilik jamiyatida dastlabki diniy e‗tiqodlar va marosimlar kelib chiqqan. Shular
jumlasiga animizm (ruhga sig‘inish), totemizm (ajdodlar ruxiga siginish) magiya (sehrgarlik) va
boshqalar kiradi.
Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‗ayri tabiiy kuchlarga ishonshch tuyg‗ulari paydo
bo‗ladi. Shu alfozda urug‗chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‗inishlar, sehrgarlik,
shamanlik kabi e‗tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e‗tiqodlar,
ayniqsa totemizm o‗sha paytda paydo bo‗la boshlagan, san‗atda turli xayvonlar siymosi sifatida
o‗z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‗onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent
viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan.
Keyingi davrlarda tabiatnyang turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e‗tiqod
qilish va sig‗inish davom etgan.
Ajdodlarimiz ko‗pincha voqiylikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O‗sha paytlarda asta-
sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning aytishlaricha, insoniyat
qabilachilikkacha bo‗lgan davrda totemizmga amal qilgan bo‗lsa, mifologiya qabilachilik
davrining mahsuli bo‗lgan. Xususan, miloddan avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy
Osiyo xalqlarida mashhur bo‗lgan ‖Ug‗iznoma‖ dostonidan bu jarayon o‗z ifodasini topgan. Bu
asar o‗sha paytdan beri og‗izdan-og‗izga o‗tib ma‗lum darajada o‗zgarib mintaqa xalqlari
folklorida bugun ham nufuzli o‗rin egallaydi.
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi.
Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‗inish, oxirat to‗g‗risidagi afsonalar paydo
bo‗ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari,
xususan, zardushtiylik shakllana boradi.
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorlyaklar bundan 2-2,5 ming yil avval
Surxondaryo va Farg‗ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda
buddaviylarning ibodatxonalari bo‗lgani, ulardan minglab e‗tiqod qiluvchilar foydalaganligidan
xabar beradi. Ajdodlarimiz ma‗lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‗ylab topganlar, ular
asta-sekin an‗analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shu alfozda qadriyatlar vujudga kelgan,
ular esa, o‗z navbatida, kishilarni manaviy yetuklikka da‗vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‗z
udumlaridir.
Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‗z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo
bo‗lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini
shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan
shug‗ullangan. Navro‗z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi
sifatida paydo bo‗lgan. Uni bayram qilish turli udum, urf-odatlar, irimlar bilan chulg‗angan,
asrlar osha yangi an‗analar bilan boyib borgan. Demak qadimgi ajdollarimiz tabiat mavsumlarini
anglaganlar, ularni e‗zozlaganlar, ularga asoslanib, o‗z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga
intilganlar.
Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy chorrahada
joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil topgan va ular etnik
jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan birga aholining ko‗pchiligini turkiy va forsiy-
tojik ajdodlari bo‗lgan, ular o‗zaro hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu xam
bag‗rikenglik, tolerantlik hislatlarining sarchashmalari bo‗lsa kerak.
Qadimda o‗lkamizda yashagan aholining ma‗naviy va
madaniy qiyofasi mashxur ‖Avesto‖ mazmunida o‗z
ifodasini topgan. Ma‗lumki, bu muqaddas kitob Markaziy
Osiyo xalqlari to‗g‗risidagi dastlabki noyob manbadir.
"Avesto" avval xalq og‗zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir
necha asrlar davomida og‗izdan-og‗izga o‗tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon
elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‗zida

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin