O`zbekiston tarixi


Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigining tashkil topishi va taraqqiyoti



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə18/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigining tashkil topishi va taraqqiyoti. 
Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‗ng taxt vorisligi uchun uning lashkarboshilari
o‗rtasida kurash avj olib ketdi. Mil. avv. 301 yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida yuz bergan
qonli janglar oqibatida Iskandar saltanati uchta mustaqil davlatga bo‗linib ketdi: Makedoniya –
Antiox avlodlariga, Misr – Ptolomey avlodlariga va Suriyadan to O‗rta Osiyo – Hindistongacha
bo‗lgan yerlar Salavkka tegadi. Mil. avv. 293 yilda Salavk I o‗z davlati poytaxtini Bobildan
Suriya – Antioxiyaga ko‗chirdi.
O‗rta Osiyoning janubiy viloyatlarini Salavk I mil. avv. 306 yilda bosib olgan edi.
Salavkiylar davlati hududlariga ko‗chmanchi qabilalar tez – tez hujum qilib turar edi. O‗zi
notinch bo‗lsa-da, Salavk I Hindiston bilan urush harakatlari olib borgan va yengilgan. Bu hol
salavkiylarning O‗rta Osiyodagi obro‗siga salbiy ta‗sir qilgan. Salavkiylarga qarshi mahalliy
xalq qo‗zg‗olonlar ko‗taradi. Ayniqsa bu qo‗zg‗olonlar mil. avv. 280 yilda Salavk I vafotidan
so‗ng kuchaydi. Bu jarayondan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqillikka intilib salavkiylarga
qarshi chiqishlar uyushtirganlar. Oqibat natijada Salavkiylar davlati parchalanib ketgan.
Miloddan avvalgi III asrning o‗rtalariga kelib dastlab Parfiya, so‗ngra Yunon – Baqtriya bu
davlat tarkibidan ajralib chiqib mustaqillikka erishdi.
Yunon – Baqtriya podsholigi – qadimgi quldorlik davlati (mil. avv. 250 – 248 yillar orasi
– mil. avv. 140 – 130 yillar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi.
Mil. avv. 250 yilda u o‗zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e‗lon qiladi. Davlat hududiga
hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O‗zbekiston va Afg‗oniston kirgan. Yunon – Baqtriya
podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy – G‗arbiy Hindiston hamda Sug‗diyona
ham bo‗ysungan. Poytaxti Baqtra (o‗rta asrlardagi Balx) shahri bo‗lib, uning xarobalari Shimoliy
Afg‗onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan. Davlat bir qancha satrapliklar
(viloyatlar)ga bo‗linib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari
iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon
an‗analari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon – Baqtriya davriga mansub
eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afg‗onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti
Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗ida, Vaxsh va Panj daryolari
quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga
xos diniy e‗tiqodlar keng tarqalganligini ko‗rsatib turibdi.
Yunon – Baqtriya podsholigi Hindiston va O‗rta Osiyo hududlarini o‗zaro bog‗lovchi hamda
Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‗rfaziga olib chiquvchi savdo yo‗llarini nazorat qilib, xalqaro
iqtisodiy – savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan
ko‗plab tangalar tovar – pul munosabatlari rivojlanganligini ko‗rsatadi. Tangalar yunon
standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.)
hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. avv. 250 – 230),
Yevtidem (mil. avv. 230 – 199), Demetriy (mil. avv. 199 – 167), Yevkradit (mil. avv. 167 –
155), Geliokl (mil. avv. 199 – 155) va boshqa hukmdorlari ma‗lum. Bitta nom bilan davlatni
boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot I – II, Yevkradit I – II) ham bo‗lgan.
Mil. avv. III asr oxiri — II asrning 1 – yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi.
Mil. avv. II asr o‗rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat
alohida viloyatlarga bo‗linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va b.) o‗z
nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon – Baqtriya podsholigi mil. avv. 140 – 135 yillarda sak
va yuechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan
1
.
1
O‗zbekiston milliy entsiklopediyasi. 8-jild. T.: O‗ME, 2005. – B.320-321.


Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin