33
Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi
axborot tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon
bo‘lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning
axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil
qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari,
rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi — nazoratning
axborot ko‘magini ta’minlaydi.
Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‘i va boshqaruv qismi
darajasiga ko‘ra, boshqaruv obyektidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot ushbu
boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Masalan, mashinasozlikda
zavod direktori ishlab chiqarish, to‘g‘risida har kuni sex boshlig‘idan har smena
haqida ma’lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda
axborot olish chastotasi pastroq. Neft-kimyo tarmog‘idagi texnologik
jarayonlarni boshqarish to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, u yerda axborot doimiy
ravishda kelib tushadi.
Shunday qilib milliy iqtisod tarmog‘ining turli boshqaruv darajasida
boshqaruv jarayoni to‘g‘risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi
shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq
ushbu jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‘ra yuzaga
keladi yoki kelmaydi.
Quyida to‘liq boshqarishning asosiy vazifalari sanab o‘tilgan:
Dostları ilə paylaş: