Yigirma.Namangan:yigme,yimekk; o‗g‗uz: yirmа.
O„ttiz.O‗g‗uz:ottis; Mank.:ottoz; Jizzax, Namangan:ottuz;
Qirq. Namangan, Jizzax: qiq//qix; Qarluq:qir; o‗g‗uz: qirq(х).
Ellik. Qarluq:elliy, elluv; Surxondaryo: (j. lovchi): yelu, aluv; Jizzax:
olliy//elliy; O‗g‗uz: elli; Andijon, Surxondaryo: yellig(qisman), Toshkent:
alliy//ellik.
Oltmish. Jizzax, Qarshi, Andijon, O‗sh: оlmish; Farg‗ona: oltmish;
Namangan: oltmish//oltmush; O‗g‗uz: oltmsh.
Etmish. Forish (uchma):yetmish; Namangan, Qo‗qon, Qarshi: yetmush,
yetmish.
Sakson. Andijon, Farg‗ona, Namangan, Qo‗qon:sexsan; Andijon, Jizzax:
sekson; Toshkent: sexson.
To„qson. Toshkent:toxsen; Jizzax, Farg‗ona, Surxondaryo, Qarshi: toxsen;
toqsen; O‗g‗uz: doxsen.
Yuz va ming. Yuz soni komponentlar va affikslar qo‗shilmasi, o‗zbek adabiy
tilidan farq qilmaydi. Faqat o‗g‗uzlarda: juz, min, qipchoqlarda:min.
Tartib son. Shevalardagi tartib sonlar sanoq son o‗zagiga qarluq tip
shevalarda–nchi, -inchi, -lamchi, ayrim shevalarda –unchi (Namangan: uchunchi
), o‗g‗uz tip shevalarda –lamchi, -lenchi, - lenji, -inji, -ndji, -lenchi kabi
affikslarning qo‗shilishidan yasaladi. Masalan, qarluq:birinchi kun, o‗ninchi uy,
Namangan: tortonch maktap; o‗g‗uz:billamchikalish.
Dona son.Sanoq sonlarning o‗zagiga –ta affiksi qo‗yilishi natijasida
yasaladi. Masalan, Namangan:bota; Qipchoq: ektа; Qarluq: ushtа; Qarshi: yettа;
Namangan: tottа.
Taqsim son. Dona sondan so‗ng –dan//-tan affiksi qo‗shilish natijasida
yasaladi. Taqsim son yasovchi affikslar o‗zbek adabiy tilidan farq qilmaydi.
Taqsim sonlar adabiy tildagi kabi to‗daning (ko‗pning, guruhning) teng qismlari,
bo‗laklarini ifodalaydi. Masalan, Sh-sabz: ektadan, Jiz.:ikkitadan; Qipch.:
ekkitadan. Biroq o‗g‗uz tip shevalarda sanoq son o‗zagiga dona son afffiksi
qo‗shmay, to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqish kelishigining affiksi qo‗shilishidan ham
29
taqsim son yasaladi:brdan. Shuningdek, o‗g‗uz tip shevalarda juft sonlar oxiriga –
diyn affiksi qo‗shilganda ham taqsim son yasalaveradi:uch-dortdiyn go‗ynak
tikdila.
Kasr son.O‗zbek shevalari vakillari nutqida kasr sonlar kamroq uchraydi.
Bu sonlar o‗zbek adabiy tilidagi singari butunning qismini (ulushini) ifodalash
uchun qo‗llanadi. Kasr sonlar tuzilish e‘tibori bilan boshqa sonlardan farq qiladi,
chunki ularni bir son bilan ifodalab bo‗lmaydi va ko‗pincha ma‘lum shaklda
kelgan birdan ortiq so‗zlarning birikuvidan hosil bo‗ladi. Kasr sonlar bosh
kelishikdagi ikki sanoq son o‗rtasiga chiqish kelishigining affiksi qo‗shilishi
natijasida yasaladi. Masalan, Qarl.:ushtenbir, beshtenbir, о‘nnenbir; Qipch.:
juzdenbir, vonnenbir.
Kasr sonlar taxmin bildirishi mumkin. Bunday o‗rinlarda yarim, choray,
nimchorey so‗zlariga dona son affiksi -ta va chiqish yoki jo‗nalish kelishigining
affiksi –dan hamda yaqn, choreytedeynyeqn. Shevalardagi chorey(tojik tilidagi
«chahor» - to‗rt) so‗zi to‗rtdan bir ma‘nosini anglatadi. Nimchorey 2,5 ni ifoda
etadi.
Jamlovchi son. Jamlovchi sonlar sanoq sonlar o‗zagiga qarluq tip
shevalarda–av, ala, -оv+la+b, оv+la+p, qipchoq tip shevalarda –av//ov, -ovlap
affikslarining qo‗shilishi natijasida yasaladi. Bu affikslar, odatda, o‗ndan past
bo‗lgan sonlarga qo‗shiladi va birgalik, egalik ma‘nolarini anglatadi.
Chama son.Shevalardagi chama sonlar predmetning noaniq miqdorini,
taxminiy hisobini bildiradi.Ular o‗zbek adabiy tilidagi singari yasaladi.
Quyidagi affikslar chama sonlar yasaydi:
1) la+p о‘nlap, yuzlap, minglap. Ta+lәp ushtalap,beshtalap.
2) –ov+lap beshov-beshovlap; beshtala-beshtalap..qipchoq
3) –ta+chaolmishtacha, toxsantacha;
4) dona sonlardan so‗ng (xoh juft, xoh yakka holda bo‗ishidan qat‘iy
nazar) –mi yuklamasi qo‗shilishi natijasida Surx. (j-lovchi): ontami-ombeshtama
bar. Numerativlarga ham –cha affiksi qo‗shilib chama sonlar yasaladi. Masalan,
Qarl.: birbotmoncha keladi,uch hovuchcha kelar.
30
5) umuman, sonlarga va numerativlarga chiqish kelishigi affiksdan
so‗ngortiq, kam, jichcha, ko‗p, qittay kabi qator so‗zlar qo‗shilib . Masalan,
Qarl.: elliydan ortiq, elliydan kam, elliydan qittay//kichcha ko‗p//kam.
Numerativlar.хасмунка (50 gr.) ботмон (128 kg), мъръчорай (2kg),
қадоғ (400 gr.), дахсар (10 kg.), пансар//понсар (5 kg); сесарo (240 kg), ,
нъмчә (500 gr.) , бъреллъ (15 sm.). pul (bir tiyin).
Kishilik olmoshlari. O‗zbek adabiy tilidagi kishilik olmoshlarining birlik va
ko‗plik shakllari qarluq tip (Samarqand, Farg‗ona, Marg‗ilon, Namangan,
Kattaqo‗rg‗on, Qarshi, Qarnob, Buxoro, Jizzax, SHahrisabz, Turk, Urgut,
Toshkent kabi shahar) shevalarda men, sen, u, biz, siz||sla, ula|| ular,
ўғузшеваларида men, sen, hu || vu, bizla, sizla, hula, qipchoq tip shevalarda
men, sen, u, bizer, sler, voler tarzida talaffuz etiladi.
Qarnob shevasida I shaxs ko‗plik kishilik olmoshi ko‗plik affiksini qabul
etganda, qaratqichli birikmalarda qaratqich-qaralmish orasida o‗zaro moslik
bo‗lmaydi. Masalan: bizlen hovlisi, bzen permes (bizlarning fermamiz).
Ko‗rsatish olmoshlari. Shevalarda ko‗rsatish olmoshlari u, ul, bu, bul, shu,
shul, shi, vo, vol, shol tarzida uchraydi.
So‗roq olmoshlari. O‗zbek adabiy tilidagi shaxsni bildiruvchi kim, narsa
bildiruvchi nima, miqdor bildiruvchi qancha, necha, vaqt bildiruvchi qachon,
maqsad-sabab bildiruvchi nega, nimaga va so‗roq bildiruvchi qani kabi olmoshlar
o‗zbek shevalarida turli variantlarda, fonetik o‗zgarishlarga yuz tutgan shakllarda
uchraydi.
O‗zlik olmoshi. Ko‗pincha, shaxsga ba‘zan predmetlarga nisbatan
ishlatiladigano‗zlik olmoshi barcha o‗zbek shevalarida o‗zbek adabiy tilidagidek
talaffuz etiladi. Quyi Qashqadaryoning Taloqtepa qishlog‗ida va ayrim qipchoq
tip shevalarda uning voz shakli uchraydi. Masalan: voz institutga kirdi.
Dostları ilə paylaş: |