Ma’ruza matnlari.
146
3. Leksikologiyaning qaysi bo‘limida so‘zning semantik xususiyati – bir
ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh
va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi?
4. Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini tushuntirib bering.
5. Nazariy va amaliy leksikologiyaning farqi nimada?
6. Nazariy yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda nima deb
nomlanadi?
7. Lisoniy birlikbilan nutqiy birlik orasidagi farqni tushuntiring.
8. Leksema deb nimaga aytiladi?
9. So‘z deb nimaga aytiladi?
10. Leksema
bir tushunchani ifodalasa, u nima deyiladi?
11. Leksema nutqda necha ma’noli bo‘ladi?
12. Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi qanday
bosqichlarda kechadi?
13. Yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini
saqlagan, biroq ma’noviy tomondan qolipdan uzilgan, ma’nosini qolipning
o‘ng (mazmuniy) tomonidan keltirib chiqarish imkoni bo‘lmagan, toraygan
ma’noli leksema nima deb ataladi?
14. Soddalashgan leksema nima?
15. Tublashgan leksema haqida nimalarni bilasiz?
16. Leksemaning tashqi qobig‘i nima deb ataladi?
17. Semema va tushuncha munosabati haqida gapiring.
18. Sema mohiyatiga ko‘ra necha xil bo‘ladi va ular qaysilar?
19. Qachon atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchayish holati yuz
beradi?
20. Sema darajasiga ko‘ra qanday semaga ajratiladi?
21. Sememaning nutqiy lug‘aviy ma’no sifatida voqelanishi qanday
kechadi?
22. Sememaning tayyor va nutqiy ma’noning tayyor emasligi haqida
nimalarni bilasiz?
23. Sememaning takrorlanuvchanligi va nutqiy ma’noning betakrorligi
haqida gapiring.
24. Hosila ma’no qanday yo‘l bilan vujudga keladi va ular qaysilar?
25. Metaforik ma’no nima?
26. Qanday yo‘l bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no biror narsaning nomi
bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u
mansub butunni atash tushuniladi?
27. Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no haqida nimalar
deya olasiz?
28. Leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish qandaynatijalarga olib
keladi?
29. Sinonimiya,a ntonimiya,
graduonimiya, giponimiya nima?
30. Ma’nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning qanday o‘ziga xos
xususiyati bor?
Ma’ruza matnlari.
147
31. Antonimlarning mantiqiy asosini qanday qarama-qarshilik tashkil
etadi va ular qanday yuz beradi?
32. Antonimlar strukturasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
33. Dialektikaning lug‘aviy graduonimik qatordagi eng umumiy
qonunlari haqida ma’lumot bering.
34. Qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika haqida gapiring.
35. Qo‘llanilish chegaralanmagan (umumiste’mol) leksika haqida
gapiring.
36. Qo‘llanilish davri chegaralangan leksika haqida gapiring.
37. Tarixiy so‘z nima?
38. Arxaik so‘z nima?
39. Neologizm nima?
40. Dialektal leksika haqida gapiring.
41. Terminologik leksika nima?
42. Noadabiy leksika haqida gapiring.
43. Argo nima?
44. Jargon nima?
45. Uslubiy betaraf leksika haqida gapiring.
46. Uslubiy xoslangan leksikaga tavsif bering.
47. Badiiy leksika haqida gapiring.
48. So‘zlashuv leksikasiga tavsif bering.
49.
Frazeologiya atamasini tavsiflang.
50. Frazeologizm nima?
51. Frazeologizmdagi semantik munosabat haqida gapiring.
52. Frazeologik sinonimiya nima?
53. Frazeologik antonimiya haqida gapiring.
54. Maqollardash shakl va mazmun o‘ziga xosligi nimada?
55. Matallarning shakllanish asoslari haqida nima bilasiz?
56. Tasviriy ifodaning tildagi o‘rni va roli haqida gapiring.
Dostları ilə paylaş: