paychalarining tebranish miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, tovush shuncha baland
bo‗ladi yoki aksincha, shu vaqt o‗lchovi hisobida un paychalari qancha kam
(siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi. Tebranayotgan jismning masalan,
masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga
bir marta borib kelishi bitta to‗la tebranish sanaladi, ana shu bitta to‗la tebranish
bir gers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori ko‗p, past ovozda esa
gerslarlar miqdori kam bo‗ladi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20 000
gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pog‗onasi, 20 000 gers esa eshitishning
18
Insonning eng past tovushi
bas (u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa
sopranodir (u 170 gersga teng).
Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda to‗lqinlanishi melodikani
yuzaga keltiradi, melodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka
ko‗ra turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish so‗z yoki kiritma gaplarni
ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tebranish
chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‗u, intonatsiya, tembr, temp kabilar)
bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday
murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she‘riy
misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib topishda foydalaniladi.
Tovush bosimi – odam qulog‗idagi pardaga tovush to‗lqinining ta‘sir kuchi
tovush bosimi deb yuritiladi. Gaz yoki suyuqliqdan tovush to‗lqini o‗tganda
vujudga keladigan qo‗shimcha bosim tovush bosimi sanaladi. Odam qulog‗ining
tovushni sezish bilan bog‗liq eng past chegara 10—6 PA tovush bosimiga mos
keladi, ya‘ni normal atmosfera bosimining 10—10 qismini tashkil etadi. Agar
tovush bosimi yuqori chegaraga yetsa (quloqda og‗riq paydo bo‗ladi), taxminan
100 PAga teng keladi.
Dostları ilə paylaş: