Фонетик сатҳ бирликлари


 O‗zbek tili undoshlar  sistemasida invariant-variantlilik



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/66
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#112870
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
fonetik sath birliklari

2.3.3. O‗zbek tili undoshlar  sistemasida invariant-variantlilik 

 

Fonemaning  muhim  funksional  belgisi  distinktivlikdir.

2

  Farqlash  tushunchasi 



zidlash  tushunchasini  taqozo  etadi.  N.S.Trubetskoyning  ta‘kidlashicha,  ikki  narsa 

bir-biriga  zidlanganidagina  o‗zaro  farqli  belgisi  namoyon  bo‗ladi.  Xuddi 

shuningdek,  tovushlarning  belgisi  ham  boshqa  shunga  yaqin  tovushlarning 

belgisiga  zidlangandagina,  uning  ma‘no  farqlash  (distinktiv)  funksiyasi  namoyon 

bo‗ladi. 

Shuning  uchun  ham  til  birliklarining  farqlanishida  lingvistik  zidlanishlar 

muhim o‗rin egallaydi. 

Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma‘no farqlash va ma‘no farqlamaslik 

belgisi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  belgiga  ko‗ra  fonologik  zidlanishlar  ma‘no 

farqlovchi va ma‘no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‗linadi. 

Birinchi  zidlanish  fonologik  muhim  zidlanish  sanalib,  u  morfema  va 

so‗zlarning  moddiy  shakllantirish  bilan  birga,  ularning  ma‘nolarini  farqlash 

vazifasini bajaradi.

3

 



Tovushlar  o‗zlarining  fonologik  muhim  belgilari  bilangina  o‗zaro  zid 

munosabatda  bo‗ladi.  Demak,  har  qanday  fonema  albatta  ma‘lum  zidlanishning 

a‘zosi bo‗ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim 

bo‗lmagan  belgilarga  ham  ega  bo‗ladi.  Demak,  undoshlarda  invariant-variant 

munosabatini  belgilash  uchun  ularning  fonologik  muhim  va  nomuhim  belgilarini 

ajratish katta ahamiyat kasb etadi.  

Undosh  fonemalarning  muhim  belgilari  korrelyativ  va  korrelyativ  bo‗lmagan 

belgilar bo‗lishi mumkin.

4

 Kamida ikki fonema o‗rtasida zidlanishga asos bo‗lgan 



belgilardan birining  birida  bor,  ikkinchisida  yo‗qligi    bilan  ajralib  turadigan belgi 

                                                 

1

 

Решетов В.В. Узбекский язык.I.Фонетика.-Тошкент:Учпедгаз,1959. -С.160; Абдуллаев Ф.А. Фонетика  хорезмских    говоров. -



Тошкент: Фан,1967. -С.59.

 

2



 

Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38

 

3

 



Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39

 

4



 

Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20

 



 

70 


korrelyativ  belgi  hisoblanadi.  Belgilar  majmuasi  faqat  birgina  fonemaning  o‗ziga 

xos bo‗lsa, bunday  belgilar korrelyativ bo‗lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t» 

fonemasida  jarangsizlik  belgisi  asosiy  va  korrelyativ  belgidir.  Chunki  xuddi  shu 

fonemaning  asosiy  belgilariga  ega  bo‗lgan,  ammo  undan  boshqa  korrelyativ 

belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d» 

fonemasi bor.

1

  

Undosh  fonemalar  o‗rtasidagi  munosabatning  turlicha  tasnifi  uchraydi. 



Masalan,  L.L.Bulanin  rus  tilidagi  barcha  undoshlar  besh  farqlovchi  belgi  asosida 

o‗zaro  oppozitsiyaga  kirishi  mumkinligini,  bu  besh  belgi,  o‗z  navbatida,  uch 

guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‗rsatadi.

2

  



Paydo bo‗lish o‗rni va usuliga ko‗ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, 

jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‗ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka 

ko‗ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.

 



O‗zbek  tilida  undoshlarning  fonologik  oppozitsiyasini  quyidagicha 

guruhlash  mumkin:  asosiy  aktiv  organga  ko‗ra  (paydo  bo‗lish  o‗rni  va  usuli 

belgisi); ovozning ishtirokiga ko‗ra.

4

 



 

Nutq 


jarayonida  undoshlar 

yondosh 


tovushlar 

bilan 


sintagmatik 

munosabatda  bo‗lib,  turli  xil  variantlarga  ega  bo‗ladi.  Muayyan  undosh  fonema 

ma‘lum  fonetik  qurshovda  turli  o‗zgarishlarga  uchraydi.  Bu  o‗zgarishlar  ma‘lum 

belgilariga ko‗ra kombinator, pozitsion, fakultativ va individual variantlar tiplariga 

birlashtiriladi. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin