O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemik jarayon ko’rinishlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Epidemik jarayon ko’rinishlari. A gepatit barcha joyda tarqalgan infeksiya, 
lekin  uning  tarqalish  darajasi  turli  hududlarda  notekisdir.  Tarqalish  darajasi 
bo’yicha hududlar quyidagicha farqlanadi: 
1)  epidemik  jarayon  rivojlanish  jadalligi  past  -  kasallikning  intensiv 
ko’rsatkichi har 100 000 aholiga 100 dan kam; 
2) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi o’rtacha intensiv ko’rsatkich har 100 
000 aholiga 100 dan 300 gacha; 
3) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi yuqori - intensiv ko’rsatkich 100 000 
aholiga  300  dan  yuqori.  O’zbekiston  gepatit  A  epidemik  jarayon  rivojlanishi 
giperintensiv kechayotgan hudud hisoblanadi. 
Kasallikning ko’p yillik dinamikasiga davriylik xarakterli. Epidemik jarayon 
rivojlanishi yuqori jadallikda kechayotgan O’zbekiston uchun kichik davriylik xos. 
Bu  epidemiologik  qonuniyat  A  gepatit  virusi  intensiv  sirkulyatsiya  qilib  turgan 
sharoitda  tug’ilishning  yuqoriligi  va  kasallikka  moyil  jamoaning  nisbatan  tezkor 
shakllanishi bilan izohlanadi. 
Kasallikning  yillik  dinamikasida  yaqqol  kuzgi-qishki  mavsumiylik. 
kuzatiladi.  Eng  kam  kasallanish  yozning  boshlarida  qayd  etiladi.  Lekin  Shuni 
ta’kidlash  joizki,  kishilarning  kasallikni  ommaviy  yuqtirishlari  aynan  yoz 
mavsumiga  to’g’ri  keladi,  yashirin  davr  uzoq  davom  etishi  tufayli  2  oylardan 
keyin,  ya’ni  kuzga kelib  A  gepatit o’sishi  kuzatiladi.  Mavsumiylik  tabiati  yuqish 
mexanizmi  faollashuviga  bog’liq.  Kasallikning  mavsumiy  o’sishi  shakllanishida 
ayniqsa, suv omilining ahamiyati katta. 
Aholining  turli  yosh  guruhlarida  kasallanish  taqsimlanishi  notekisdir. 
Epidemik  jarayon  rivojlanishi  jadal  kechayotgan  hududlarda  maktabgacha 
yoshdagilar  (yasli  va  bog’cha  yoshidagilar)  eng  ko’p  kasallanishadi,  o’rtacha 
jadallikdagi  hududlarda  o’quvchi  va  o’spirinlar,  past  jadallikdagi  hududlarda 
kattalar  nisbatan  ko’proq  kasallanishadi.  Kasallanganlar  yosh  tarkibining  bunday 


 
163 
o’ziga  xosligi,  epidemik  jarayon  jadalligi  turlicha  bo’lgan  hududlarda  A  gepatit 
virusi bilan bolalikda duch kelish ehtimolligining turli ekanligini aks ettiradi. 
Shahar  va  qishloq  aholisi  o’rtasida  kasallanish  ko’rsatkichlari,  so’nggi 
yillarda,  bir-biriga  tenglashib  bormoqda.  Bu  hol,  shahardagi  va  qishloqdagi 
kommunal qulayliklar farqining tobora kamayib borayotganligi bilan izohlanadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin