O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi 
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, ya’ni o’zgaruvchan ijtimoiy va 
tabiiy muhitda xo’jayin va parazitlar populyatsiyasi munosabatlarining rivojlanishi 
uchta  nazariya  asosida:  yuqish  mexanizmi,  kasallikning  tabiiy  o’choklilik  va 
epidemik  jarayonning  o’z-o’zini  boshqarishi  to’g’risidagi  nazariyalar  asosida 
o’rganiladi. 
Infeksiyaning  yuqish  mexanizmi  -  bu  kasallik  qo’zg’atuvchilarning 
evolyutsiya  jarayonida  yuzaga  kelgan  bir  organizmdan  ikkinchi  organizmga  o’ta 
olishi  va  shu  bilan  qo’zg’atuvchining  tur  sifatida  saqlanib  qolishini  ta’minlovchi 
xususiyatlaridir. 
Shuning uchun  zoonoz  kasalliklarda  "kasallikning  yuqish  mexanizmi"  degan 
tushunchani  kasallik  chaqiruvchilarning  hayvonlar  orasida  aylanib  yurish 
jarayonigagina 
qo’llash 
to’g’ri 
bo’ladi. 
Bunday 
hollarda 
kasallik 
qo’zg’atuvchilarning  aylanib  yurish  jarayoniga  odamlar  ham  kirib  qolganda 
kasallikning yuqish mexanizmi to’g’risida gapiriladi. 
Yuqish mexanizmining 3 davri tafovut qilinadi: 
a) Qo’zg’atuvchining zararlangan organizmdan ajralib chiqishi. 
b) Qo’zg’atuvchining tashqi muhitda bo’lish davri. 
v) Qo’zg’atuvchining sog’lom organizmga kirish davri. 
Bu  davrlarning  birinchi  va  ikkinchisida  yuqtirish  omillari  kasallikning  bir 
organizmdan  ikkinchisiga  o’tishida  ishtirok  etadigan  tashqi  muhit  elementlari 
hisoblanadi.  Evolyutsiya  jarayonida  ba’zi  kasallik  qo’zg’atuvchilari  ma’lum 
o’tkazish  omillariga  moslashishgan.  Bu  omillar  ular  uchun  maxsus  muhit 
hisoblanadi.  Yuqish  mexanizmining  birinchi  davrida  kasallik  qo’zg’atuvchilari 
tushib  qolgan  tashqi  muhit  elementlari  birlamchi  omil  hisoblanadi.  Kasallik 
qo’zg’atuvchilarini  navbatdagi  organizmga  o’tkazuvchi  omil  yakunlovchi  omil 
hisoblanadi.  Agar  yuqish  mexanizmida  ishtirok  etuvchi  birlamchi  omil 
qo’zg’atuvchini oxirigacha etkaza olmasa, u holda birlamchi va yakunlovchi omil 


 
15 
o’rtasida oraliq omil ham ishtirok etadi. 
Epidemik  jarayonning  ma’lum  hollarida  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  bir 
organizmdan ikkinchi organizmga o’tishini ta’minlovchi tashqi muhit elementlari 
yoki  ularning  yig’indisi  yuqish  yo’lini  belgilaydi.  Yuqish  mexanizmi  va  kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  odam  organizmida  asosiy  joylanishi  bir-biri  bilan  uzviy 
bog’liqdir. 
L.V.Gromashevskiy 
barcha 
yuqumli 
kasalliklarni 
kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  odam  organizmida  joylashgan  asosiy  o’rniga  va  yuqish 
mexanizmiga  binoan  4  guruhga  bo’lgan.  Yuqori  nafas  yo’llari  shilliq  qavatida 
joylashgan  kasallik  qo’zg’atuvchilarining  yuqish  mexanizmini  "havo-tomchi" 
orqali  yuqish  mexanizmi  deb  ataladi.  Haqiqatda  esa  odam  organizmining  turli 
organlarida  joylashgan  kasallik  qo’zg’atuvchilari  aerozolning  uchala  fazalari: 
tomchi, yadrocha va chang orqali ham o’tishi mumkin. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilari  yuqish  mexanizmining  birinchi  bosqichida 
gaplashish, nafas chiqarish, yo’talish va aksirish jarayonida tashqi muhitga havoga 
ajralib chiqadi. 
Yuqish  mexanizmining  ikkinchi  bosqichi  aerozolning  tomchi,  tomchi-
yadrocha  va  chang  fazalari  orqali  amalga  oshadi.  Kasallik  qo’zg’atuvchilarining 
yangi sog’lom organizmga o’tishi nafas olish jarayonida yuz beradi. 
Yuqish  mexanizmining  fekal-oral  turida  kasallik  qo’zg’atuvchilarning  tashqi 
muhitga ajralib chiqishi (1-bosqich) defekatsiya akti bilan bog’liq bo’ladi. Kasallik 
qo’zg’atuvchilarining  yangi  sog’lom  organizmga  tushishi  (3-bosqich)  infeksiya 
bilan zararlangan ovqat yoki suvni is’temol qilganda ro’y beradi. Birlamchi omillar 
bemorning yoki bakteriya tashuvchisining ifloslangan qo’li, uy-ro’zg’or buyumlari 
bo’lishi mumkin. 
Asosiy yakunlovchi omillar bo’lib suv, oziq-ovqat mahsulotlari, yosh bolalar 
qo’li  va  uy-ro’zg’or  buyumlari  hisoblanadi.  Oraliq  omillar  bo’lib  pashshalar, 
ifloslangan qo’l, tuproq hisoblanadi. Yuqish mexanizmining bu turida yuqish suv 
orqali, oziq-ovqat mahsulotlari orqali amalga oshadi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  qonda  joylashishini  yuqish  mexanizmining 
transmissiv  turi  belgilaydi.  Bu  yerda  birinchi  bosqich  qon  so’ruvchi 
hashoratlarning  odamni  chaqishida,  bemor  qonini  so’rishida  amalga  oshadi.  Bu 
hashoratlar  organizmida  kasallik  ko’zg’atuvchilarining  maxsus  ko’payish, 
rivojlanish jarayoni o’tadi (2-bosqich). 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  teri  va  tashqi  shilliq  qavatida  joylashishida 
ba’zan  qo’zgatuvchilar  bemor  kishidan  sog’lom  kishiga  to’g’ridan-to’g’ri  yuqadi 
(tanosil  kasalliklar).  Bunday  holda  yuqish  mexanizmi  (kontakt)  bevosita  muloqot 
orqali yuqish deb ataladi. Hozirgi vaqtda vertikal yuqish mexanizmi mavjud bo’lib, 
bunda  kasallik  qo’zg’atuvchilari  onadan  tug’ilayotgan  bolaga  yo’ldosh  orqali 
yuqadi. 
Zoonoz  yuqumli  kasalliklarda  epidemik  jarayonning  qanday  rivojlanishini 
o’rganish uchun kasalliklarning  tabiiy  o’choqlilik to’g’risidagi  nazariyasini bilish 
kerak  bo’ladi.  E.  N.  Pavlovskiyning  ushbu  nazariyasi  hayvonlar  orasida  aylanib 
yurgan  kasallik  qo’zg’atuvchilari  odamlar  organizmiga  o’tib  qolganda  epidemik 


 
16 
jarayon qanday rivojlanishini ochib beradi. 
Kasallikning tabiiy o’chog’i  - areali kasallik qo’zg’atuvchilar uchun haqiqiy 
xo’jayin organizm hisoblangan hayvonlar arealiga to’g’ri keladi. 
Kasallikning  tabiiy  o’chog’i  deb  yirtqich  hayvonlar,  kemiruvchilar  orasida 
kasallik ko’zg’atuvchilari yashashi uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lgan 
er kurrasining ayrim hududlariga aytiladi. 
Kasallikning  tabiiy  o’chog’i  bilan  bir  qatorda  sinantrop  va  antropurgik 
o’choqlar ham mavjud. Sinantrop kasallik o’chog’i deb - kasallik qo’zg’atuvchilari 
sinantrop  (xonaki)  hayvonlar  orasida  aylanib  yuradigan  hududga,  antropurgik 
o’choq deb esa odamlarda uchraydigan kasallik o’choqlariga aytiladi. Sinantrop va 
antropurgik o’choqlar orasida aniq bir chegara yo’q. 
Epidemik 
jarayoninig 
rivojlanishini  to’liq  tushunish  uchun  L.V. 
Gromashevskiyning yuqish mexanizmi va E. N. Pavlovskiyning tabiiy o’choklilik 
to’g’risidagi ta’limotlari bilan bir qatorda, 1975 yilda V. D. Belyakov tomonidan 
yaratilgan epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi to’g’risidagi ta’limoti ham 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni 
mikrobiologik 
tekshirish 
natijasida 
aniqlangan 
mikroorganizmlar 
populyatsiyasining bir xilga o’xshab ko’rinishi, tekshirilayotgan mikroorganizmlar 
sonining  ko’pligidan  ularning  tekshirilayotgan  belgilarining  geterogenligini 
(xilma-xil ekanligini) aniqladi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilar  populyatsiyasi  tarkibining  tahlil  qilinayotgan 
belgilar  bo’yicha  doimiy  o’zgarish  mavjudligi  epidemik  jarayon  rivojlanishining 
ichki populyatsiyalari yuzaga chiqishidir. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  antigenlik  variantlarining  o’zgarishi  aholi 
immunologik qatlamining o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Antibiotiklarga chidamli 
shtammlar  antibiotiklarni  qo’llash  natijasida  to’planib  boradi.  Xo’jayin 
populyatsiyasining  parazitlarga  moyillik  darajasi  genotip  bilan  bog’liq  holda 
geterogen  bo’ladi.  Shuning  uchun  bir  xil  sharoitda  ba’zi  bir  kishilar  kasallanib, 
boshqalari  esa  kasallanmasliklari  mumkin,  kasallik  esa  har  xil  kishilarda  klinik 
ko’rinishlari bilan turlicha kechadi. 
Xo’jayin  populyatsiyasi  immunitet  hosil  qilish  va  saqlash  xususiyatlari 
bo’yicha  ham  har  xildir.  Kasallikka  moyillik  belgisi  bo’yicha  jamoadagi 
odamlarning o’zgarishi, Shu jamoadagi odamlarning yoshiga, moyillikning vaqtga 
qarab  o’zgarishiga,  migratsiyaga  va  organizmning  chidamliligini  (qarshiligini) 
pasaytiruvchi boshqa muhit ta’sirlariga bog’liq. 
Kasallik qo’zg’atuvchilarining o’z-o’zini boshqarish jarayonidagi rezervatsiya 
va  epidemik  tarqalish  fazalarining  almashib  turishi,  epidemik  jarayonning 
borishida  tuzilishi,  har  xil  va  o’zgaruvchan  bo’lgan  parazitlar  va  xo’jayin 
populyatsiyalarining o’zaro munosabatlari bilan tushuntiriladi. 
Kasallik  qo’zg’atuvchilarining  rezervatsiya  fazasida  bo’lishi  o’ziga  xos 
immunologik  gomeostazi  bo’lgan  odamlar  orasida  tashuvchilikning  har  xil 
ko’rinishi hisobiga hamda kasallikning subklinik, belgisiz turlari hisobiga bo’ladi. 
Epidemik  shtammning  yuzaga  kelishi  va  rezervatsiya  fazasidan  epidemik 
tarqalish  fazasiga  o’tishi  odamlar  moyilligining  ma’lum  chegarasidan  o’tgandan 


 
17 
so’ng boshlanadi. 
Epidemik  fazasi  parazit  va  xo’jayin  organizmining  o’zaro  munosabatlarida 
qo’zg’atuvchilar  virulentligining  oshishi  hisobiga  kasallikning  manifest 
ko’rinishlari yuqori darajada bo’lishi bilan tushuntiriladi. 
Bunday  holat  kasallikning  tarqalish  imkonini  beradi  (yangi  joylarni 
"egallash").  Boshlang’ich  va  potensial  geterogenliklari  esa  ularga  yashash 
sharoitining  o’zgarish  jarayonida  o’z  faoliyatini  yana  qayta  o’zgartirish  imkonini 
beradi. 
Epidemik  jarayonning  o’z-o’zini  boshqarishi,  har  qanday  tirik  jonzot 
faoliyatining  ichki  mexanizmi  hisobiga  o’zaro  ta’sir  qiluvchi  elementlarni  ular 
yashab  turgan  sharoitning  o’zgarishiga  qarab  moslashishi  hisobiga  amalga 
oshiradi. 
Epidemik  jarayon  rivojlanishining  hududlar  bo’yicha,  aholining  turli 
guruhlari  orasida  va  vaqt  mobaynida  turli  xil  taqsimlanishi  bilan  ifodalanuvchi 
miqdor va sifat o’zgarishlari  o’zgarib turuvchi  ijtimoiy, tabiiy  sharoitlar, biologik 
omillar ichki mexanizmi ta’siri natijasidir. 
Har  xil  yuqumli  kasalliklarda  epidemik  jarayon  rivojlanishi  uchun  zarur 
bo’lgan ijtimoiy va tabiiy muhit elementlari o’zgaruvchan va nisbatan turlichadir. 
Bu kasallik qo’zg’atuvchining organizm bilan o’zaro ta’siri ma’lum ko’rinishlarda 
bo’lishiga, har qaysi kasallik qo’zg’atuvchilar genofondiga va ekologik saqlanish 
joyiga bog’liq bo’ladi. Kasallikning alohida nozologik turida epidemik jarayonning 
o’z-o’zini boshqarishi va uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy va tabiiy 
sharoitlar ko’lami kasallik profilaktikasidagi yo’nalishni belgilaydi. Oxiri borib bu 
yo’nalish  zanjirning  eng  "kuchsiz  halqasini"  topish  va  bilimlarni  hozirgi  zamon 
darajasida  ishlab  chiqilgan  chora-tadbirlarni  qo’llashga  olib  keladi.  Epidemik 
jarayon  to’g’risidagi  ta’limotning  2  ta  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  qismini:  bu 
jarayonning omillari va rivojlanish mexanizmini, ya’ni yuzaga kelish va rivojlanish 
sababi va sharoitlarini ko’rib chiqdik. Epidemik jarayonning 3 qismi uning qanday 
namoyon bo’lishidir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin