Golji - apparati. Bu organoidni birinchi marta Golji degan olim topgan
(1898) va ular o‘simlik va hayvon hujayralarida bo‘ladi. Bu organoid
granuladan, membranalardan va vakuolalardan iborat.
Golji apparatining funksiyasi hali batamom o‘rganilmagan, ammo u
hujayraning o‘zida ishlanib chiqadigan turli moddalarning, masalan,
gormonlarning to‘planishiga va hujayradan chiqarib yuborilishiga aloqador
ekanligi aniqlandi.
Plastidalar - o‘simlik hujayrasining sitoplazmasida plastidalar bor. Uch xil
plastidalar farq qilinadi:
1. Bo‘yalmagan - leykoplastlar.
2. Bo‘yalgan - xloroplastlar (rangi yashil)
3. Bo‘yalgan - xromoplastlar (sariq, qizil).
Plastidalar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Plastida xlorofill donalar
joylshgan bo‘lib ularning yordamida quyosh energiyasidan foydalanib glyukoza
biosintezi amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |