2-Mavzu: IRSIYATNING SITOLOGIК ASOSLARI.
Reja.
1. Кo‘payish asoslari, jinsiy va jinssiz ko‘payish. Bu masalani genetika fanining yuzaga kelishi va
amaliyotidagi ahamiyati.
2. Hujayra tuzilishi. Yadro va sitoplazma tarkibi, qismlari va ularning asosiy biologik vazifasi.
3. Xromosomalar morfologiyasi. Кariotip.
4. Hujayraning bo‘linish xillari: mitoz, meyoz, amitoz va endomitoz, ularning mohiyati va
biologik ahamiyati.
Adabiyotlar: 1, 2, 5, 7, 10.
1) Tirik organizm jonsiz narsalar - anorganik dunyoga nisbatan 2 xususiyati
- modda almashinish va ko‘payish bilan farq qiladi. Bu ikki xususiyatsiz hayot
bo‘lishi mumkin emas. Har bir organizm ko‘payadi, nasl qoldirish xususiyatiga
ega. Avlodda nasl qoldirishni asosi ko‘payish ekan, shuning uchun ko‘payishni
o‘rganamiz.
Кo‘payish asosi - hujayra bo‘linishi bo‘lib, ko‘payish 2 xil jinssiz va jinsiy
bo‘ladi.
1. Jinssiz ko‘payishda 1 hujayra 2 ga bo‘linadi. Masalan: 1 hujayrali
organizmlar.
2. Jinsiy ko‘payishda 2 hujayra (erkak va urg‘ochi) - jinsiy hujayralar
birikib 1 hujayra hosil bo‘ladi va yangi organizmlarga asos soladi, irsiy modda
shu hujayralar orqali naslga o‘tadi.
Vegetativ ko‘payishda yangi avlod bir hujayradan emas bir guruh somatik
yoki embrional hujayralar xisobiga rivojlanadi. Masalan: novdadan, ildizdan
ko‘payish.
8
Hayvon va o‘simliklarning ko‘pchiligi jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar.
Evolutsiya prosessida jinsiy ko‘payish turi eng yuqori pog‘ona nasl qoldirish
sifatida yuzaga keldi. Кo‘p hujayrali organizm jinsiy hujayralari o‘zining tarixiy
funksiyasi 1 hujayradan yangi organizm hosil qilaolish hususiyatini saqlab qoldi.
Jinsiy ko‘payishda avlod soni tez ko‘payadi va uning irsiy o‘zgaruvchanligi
ortadi, bu esa ko‘proq moslashgan formalarni tanlashga imkon berdi.
Jinssiz va vegetativ ko‘payishda avlodni xilma-xilligi kamayadi, aynan
o‘xshash avlod beradi va bir avlodni irsiyati bir xil bo‘lgan sonini ko‘paytirish
imkoniyati tug‘iladi. Кo‘payish asosi – hujayrani ochilishi, irsiyat mexanizmini
ochilishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |