Hujayra tuzilishi. Har bir tirik organizm hujayralardan tuzilgan. Bir
hujayrali organizmlar sodda tuzilgan bo‘lib, ularning tanasi bitta hujayradan
iborat (amyoba, infuzoriya
).
Кo‘p hujayrali organizmlar esa million yoki milliard hujayra-lardan iborat.
Hujayrani o‘rganadigan fan «Sitologiya» deb ataladi. Angliya olimi Guk R. 1665
yilda o‘zining «Mikrofotfiya» deb atalgan kitobida birinchi bo‘lib hujayra haqida
yozgan.
1838-39 yillarda nemis olimlari - botanik A.Shleyden va zoolog T.Shvan
bir xulosaga kelishdilar - tirik organizmlar hujayralardan iborat. 1855 R.Virxov -
hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishini yozdi. Jinsiy hujayralar - urug‘lanish,
ko‘payish asoslari ochildi. Hujayra to‘g‘risida ta’limotlar chuqurlashib bordi.
Tirik organizmlar hammasi kelib chiqishi bir hujayradan tuzilganligi haqida
tushuncha - sitologiya fanida yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: |