3-Mavzu. JINSIY HUJAYRALAR VA ULARNING RIVOJLANISh
QONUNIYATLARI. QO‘Sh URUG‘LANISh.
Reja.
1. Jinsiy ko‘payish xillari.
2. Кopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametagamiyaning xillari.
3. Partenogenez, ginogenez va androgenez.
4. Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez).
5. Qo‘sh urug‘lanish
Adabiyotlar: 3,6,8,14.
Jinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy hujayra gametalarining qo‘shilishi bilan
ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishning bunday gametalarning qo‘shilishi bilan sodir
bo‘lishi ham evolutsion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning
eng qadimiy ibtidoiy ko‘rinishi plazmagomiya hodisasida namoyon bo‘ladi.
Plazmagomiyada (ayrim amyobalar sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib,
ikki yadroli tuzilma hosil bo‘ladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi
qayta ikkiga bo‘linadi. Har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega
bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga
ajratish
mumkin:
konyugatsiya,
kopulyasiya.
Кonyugatsiya bakteriya,
infuzoriyalarga xos bo‘lgan ko‘payish usulidir. Odatda kiprikli sodda hayvonlar
oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy
ko‘payish-konyugasiya sodir bo‘ladi.
Кonyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi-hujayralararo
tutashtiruvchi tortma hosil bo‘ladi. So‘ngra yadrolar murakkab jarayonni
boshidan kechiradi. Bakteriyalarda konyugatsiya tufayli DNК bir hujayradan
ikkinchisiga o‘tadi. Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiga mansub, gaploid
xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralar o‘zaro qo‘shiladi. Bunday
ko‘payish – gametogenez evolutsiya taraqqiyoti davomida murakkablashib
borgan. Gametagamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Кopulyasiyali va
kopulyasiyasiz gametogamiya.
Jinsiy ko‘payishning kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning
hosil bo‘lishi va ulurning qo‘shilib, yangi sifatli hujayra zigotaning hosil bo‘lishi
bilan ro‘y beradi. Evolutsiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga
mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi.
O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametogamiyaning 3 xili:
izogamiya, geterogamiya va aogamiya tafovut qilinadi:
12
Izogamiyada hosil bo‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga ko‘ra
bir-biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlomidamanada va b)
ko‘payadi.
Geterogamiya (anizogamiya) bir qator suv o‘tlari va xivchillilarga xosdir.
Ularda ikki xil: harakatchanroq, mayda gametalar-makrogameta va harakati sust,
yirikroq mikrogameta hosil bo‘ladi. Shunday qilib ilk bor bir-biridan
farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bo‘ladi. Oogamiya kopulyasiya bilan
bo‘ladigan gametogamiyaning eng yuqori shaklidir. Bir gameta yirik harakat
tuzilmasiga ega emas, bu urg‘ochi gameta, ya’ni tuxum hujayradir. Ikkinchi
gameta esa mayda, harakatlantiruvchi xivchinga ega-bu erkak jinsiy hujayrasi-
spermatazoiddir. Oogamiya jinsiy hujayralar maxsus a’zolarida (urug‘don va
tuxumdonlarda) hosil bo‘ladi. Кo‘pgina o‘simliklar deyarli barcha hayvonlar
oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi.
Кopulyasiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy
hujayralar hosil qilib, ammo ularning butunlay qo‘shilib ketishi ro‘y bermasdan
ko‘payishi ro‘y beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, genogenez va
androgenez.
Partenogenezda yangi avlod urug‘lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi.
Ma‘lumki, partenogenez tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida tabiiy
partenagenezning muqarrar (ablegat) fakultativ va siklik xillari tafovut qilinadi.
Muqarrar partenogenezda hayvonlar (o‘simlik biti, sodda qisqichbaqa simonlar,
ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qo‘ygan tuxumi urug‘lanmasdan turib yangi
organizmlar hosil bo‘ladi. Fakultativ partenogenez ayrim xashoratlar (ari
chumolilar) da namoyon bo‘ladi. Ularning urug‘lanmagan tuxumidan erkak
organizmlar, urug‘langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi. Siklik
partogenezda
muqarrar
partenogenez
ko‘payishi bilan bir qatorda
populyasiyadagi erkak va urg‘ochi organizmlardan jinsiy ko‘payish ham sodir
bo‘ladi. Masalan, ayrim qisqichbaqasimonlar (dafkiyalar) asosan partenogenez
bilan ko‘payadi. Кuz faslida erkaklari paydo bo‘lib jinsiy ko‘payish ham ro‘y
beradi. Sun’iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta’sirlar, (kislota, kuchsiz
elektor toki va boshq.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm hosil
qilishga erishiladi.
Ginogenez partogenezga yaqin bo‘lgan ko‘payish usulidir. Bu jinsiy
ko‘payishda spermatozoid tuxum hujayrasiga kiradi, ammo spermatazoid va
tuxum hujayra yadrolari o‘zaro qo‘shilmaydi. Tuxum hujayralardan yangi
organizm hosil bo‘ladi. Genogenez ayrim baliqlarda uchraydi. Androgenez
usulida ko‘payish genogenezga o‘xshasada, ammo tuxum hujayrasiga kirgan
spermatazoid yadrosi tuxum hujayra yadrosi bilan qo‘shilmaydi, tuxum
hujayrasining yadrosi yo‘qolib, spermatazoid yadrosi saqlanib qoladi.
Кo‘payishning androgenez usuli A.Astaurov (1937 yilda) tomonidan kashf
etilgan. U ipak qurti tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta’sirida nobud qilib,
13
uni
sun’iy
urug‘lantirgan.
Natijada
hujayraning
sitoplazmasi
ona
hujayraniki,yadrosi esa ota hujayraniki bo‘lib qolgan. Shu zigotadan erkak
organizm rivojlangan. To‘la qonli jinsiy ko‘payish –bu erkak va urg‘ochi jinsiy
hujayralari hosil bo‘lib, tuxum hujayrasiga spermatazoid kirib, ikkala gameta
yadrosining qo‘shilishi bilan boshlanadi. Gametalarni hosil qiluvchi urg‘ochi va
erkak organizmlari bir-biridan turli belgilari bilan farqlanadi, ya’ni u ikki
organizmda jinsiy demorfizm mavjuddir. Ayrim organizmlarda ham tuxum ham
spermatozoid yetishtirib beruvchi a’zolar mujassamlashgan bo‘ladi. Bunday
organizmga germofradit organizm deyiladi. Parazit yassi chuvalchanglar shunday
toifadagi organizmlardir. Jinsiy hujayralar-gametalar jinsiy a’zolarda birlamchi
jinsiy hujayralardan hosil bo‘ladi. Birlamchi jinsiy hujayra o‘ta erta-individ
embrion taraqqiyotining dastlabki pallasida (qisqichbaqasimon, baqalarda
maydalanish
davrida,
sut
emizuvchilarda
organogenez
boshlangan
bosqichdayoq) hosil bo‘ladi. Spermatazoidlar urug‘donda rivojlanadi, ularning
rivojlanish jarayoni spermatogenez deyiladi. Tuxum hujayraning rivojlanishi
avogenez deyiladi va tuxumdonda kechadi. Gametogenez shartli ravishda 4
davrga: ko‘payish, o‘sish, etilish va shakllanish davrlariga bo‘linadi. Кo‘payish
davrida xramasomalarning diploid tuplamiga ega bo‘lgan boshlang‘ich
hujayralar mitoz usulida bo‘linib ko‘payadi. Bu davr urug‘donning ko‘payishi
zonasida kechadi. Usish davrida diploid tuplam boshlangich hujayralarining
ayrimlari o‘sish zonasiga utib kattalashadi, oziq moddalar to‘playdi, ularning
DNК miqdori ikki hissa ortadi. Undan keyin yetilish zonasida hujayralar metoz
usulida ko‘payib, gaploid to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralarni hosil qiladi.
Shakllanish davrida yetuk spermatazoid hosil bo‘ladi. Bu davr ovogenezda
bo‘lmaydi. O‘simliklarda jinsiy hujayralar hosil bo‘lish prosesi ikki bosqichda
bo‘ladi: birinchi bosqich sporogenezda gaploid xromosomali hujayralar –
sporalar hosil bo‘ladi va ikkinchi bosqich – gametogenezda bir necha marta
bo‘linish natijasida gaploid xromosomali hujayralardan yetilgan gametalar hosil
bo‘ladi. O‘simliklarda chang donachasi, ya’ni mikrospora hosil bo‘lish prosesi
mikrosporogenez, urg‘ochi jinsiy hujayra megaspora (makrospora) hosil bo‘lishi
prosesi megosporagenez deb ataladi.
Mikrosporagenez va mikrogametagenez – otalik jinsiy hujayraning
yetilishi.
O‘simlik gulining generativ organi changdon (1-rasm) ichida dastlabki
maxsus arxespora hujayrasi hosil bo‘ladi. Har bir arxespora mitoz yo‘li bilan
bo‘linib tetrada hosil qiladi. Bu 4 ta hujayraning har biri gaploid xromosomali
bo‘lib, keyinchalik tetrada yetiladi, uning qobig‘i yoriladi va ichidagi 4 ta
hujayra ajralib aloxida chang donachalarini hosil qiladi. Har bir chang donacha –
mikrospora ikki qavat qobig‘dan, ichki intina va tashqi ekzinadan iborat bo‘ladi.
Mikrosporogenez shu bilan tugaydi va ikkinchi bosqich mikrogametogenez
boshlanadi. Mikrospora ikki marta mitoz usulida bo‘linadi, 1-mitoz bo‘linishidan
14
ikkita hujayra – 1 ta vegetativ va 1 ta generativ hujayra hosil qiladi. So‘nggi
ikkinchi mitoz bo‘linishida generativ hujayra bo‘linib ikkita spermiya hosil
qiladi. Yetilgan otalik jinsiy hujayra-gameta chang donacha ichida hosil bo‘ladi.
Shu bilan ikkinchi bosqich mikrogametogenez tugaydi. Sporaning ikki marta
metoz bo‘linishi natijasida chang donasi ichida-ikkita spermiya va bitta vegetativ
yadro hosil bo‘ladi.
1-rasm. O‘simliklarda mikrospora (1-6) va mikrogameta (7-10) hosil bo‘lishi yoki chang
Dostları ilə paylaş: |