farqlanadi. Kasallikning yengil turida tana harorati subfebrir bo'ladi, zaharlanish
alomatlari kuzatilmaydi, toshma siyrak bo'lib, tez orada o’tib ketadi.
O'rtacha og’irlikdagi skarlatinada harorat 39-40ºº C gacha ko’tariladi, bemor
holsizlanadi, qayt qila boshlaydi. Toshma kuchli ifodalangan, angina
nekrotik
xususiyatga ega bo'lib, mahalliy limfa bezlari kattalashadi.
Skarlatinaning og'ir turi toksik va septik belgilarning kuchli ifodalanganligi
bilan xarakterlanadi. Umuman intoksikasiya alomatlari juda kuchli namoyon
bo'ladi. Tana harorati 40-41ºº C gacha ko'tariladi, to'xtovsiz qusish, talvasa
alomatlari kuzatiladi. Badan terisiga toshmalar kasallikning 2-3 kuni paydo bo'ladi
va uning rangi ko’kimtir tusda, tomoq qip-qizil cho’g’ rangida, til oq karash bilan
qoplangan va quruq bo'ladi. Yurak tonlari bo’g'iq, qon bosimi past, tomir urishi
kuchsiz va tezlashadi.
Dostları ilə paylaş: