Bir havodan nafas olish mas`uliyati
Bugungi kunda barchani tashvishga solayotgan transchegaraviy ekologik muammolarni
bartaraf etish, xalqaro hamjamiyatning bu boradagi sa`y-harakatlarini kuchaytirish
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston XXI asr
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli
asarida ta`kidlanganidek, «Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki
to'laqonli va sog'lom turmush kechirishi uchun zarur mo'`tadil atrof-muhit sharoitlariga
ham bo'lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e`tirof etgan.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi
bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi...».
Xalqaro huquqiy tajriba, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik
xavfsizlikning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekistonda bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda
ekologik xavfsizlik sohasidagi siyosat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, shuningdek, atrof-
muhit
va
barqaror
rivojlanish
bo'yicha
Rio-de-Janeyro
va
Yoxannesburg
deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda
yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalaridan kelib chiqadigan davlat
majburiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Milliy siyosat va xalqaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari mamlakatning ekologik
salohiyatini saqlashga va mustahkamlashga asoslangan. Shu maqsadda O'zbekiston
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan atrof
tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida faol hamkorlikni yo'lga qo'yib, atrof-muhit va
barqaror rivojlanish bo'yicha o'nlab xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. Xalqaro,
mintaqaviy muammolarni hal etish uchun Barqaror rivojlanish konsepsiyasi va Milliy
strategiyasi, «XXI asr kun tartibi», atrof-muhit, aholi salomatligi muhofazasi, biologik
xilma-xillikni saqlash, cho'llanishga qarshi kurash, ozon qatlamini yemiruvchi
moddalardan foydalanishni to'xtatish, chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy harakat
rejalari, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish Milliy strategiyasi va boshqalar qabul
qilindi.
Dostları ilə paylaş: |