O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)


-BOB. «YASHIL IQTISODIYOT»NI SHAKLLANISHI VA



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

2-BOB. «YASHIL IQTISODIYOT»NI SHAKLLANISHI VA 
RIVOJLANISHINING XUSUSIYATLARI 
2.1. «Yashil iqtisodiyot»ning rivojlanish bosqichlari 
Ilmiy tadqiqotlarda «Yashil iqtisodiyot» tushunchasi ilk marotaba 1989-
yilda
35
qo‘llanilganligiga qaramasdan uning mohiyati hozirga qadar turlicha 
talqin etiladi. Ayrim manbalarda «Yashil iqtisodiyot» mamlakat tabiatini 
yaxshilashga ko‘maklashuvchi iqtisodiyotning yangi tarmoqlari sifatida tadqiq 
qilinsa, ba’zi tadqiqotlarda «Yashil iqtisodiyot» tabiatga yordam beruvchi va 
foyda keltiruvchi yangi texnologiyalar, ekotizimlar sifatida o‘rganiladi, uchinchi 
guruh tadqiqotlarda esa «Yashil iqtisodiyot» – bu ekologik toza mahsulotlar 
yaratishga yo‘naltirilgan rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tish, uning asosini 
sof yoki «Yashil» texnologiyalar tashkil etadi deyiladi.“” 
«Yashil iqtisodiyot» tushunchasining keng tarqalgan, nisbatan to‘liq ta’rifi 
BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP) tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib, «Yashil iqtisodiyot» - bu «odamlar farovonligi va ijtimoiy 
tengligining yaxshilanishi, ekologik risklar va ekologik taqchillikni sezilarli 
darajada kamaytirish»ga olib keluvchi iqtisodiyotdir
36
. Mazkur tushunchaning 
mohiyatini yoritib berishda umumqabul qilingan yondashuvning mavjud 
emasligi «Yashil iqtisodiyot» konsepsiyasi hali shakllanish bosqichida 
ekanligidan dalolat beradi. Ushbu konsepsiya iqtisodiyot tarmoqlari, «Yashil 
iqtisodiyot» nazariyasi, tamoyillari yoki «Yashil iqtisodiyot» siyosatiga nisbatan 
ham qo‘llanilishi mumkin. 
«Yashil iqtisodiyot» konsepsiyasining asosiy maqsadi barqaror iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlash va investitsiyalarni oshirish bilan bir vaqtda atrof muhit 
muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilash hisoblanadi
37
. Shu nuqtai 
nazardan qaraganda, mazkur maqsadga erishish uchun davlat va xususiy 
investitsiyalarni barqaror rivojlanishning ekologik va ijtimoiy omillariga keng 
35
Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier. Earthscan, London, 
Great Britain, 1989. 192 pp.
36
Навстречу «зелёной» экономике: пути к устойчивому развитию и искоренению бедности / Штайнер А., 
Айрис Р., Бэсса С. И др: ЮНЕП/ГридАрендаль,2011. С. 17. 
37
O’sha joyda. С. 20.


38 
miqyosda yo‘naltirish zarur bo‘ladi. «Yashil iqtisodiyot»ning maqsadi tabiiy 
resurslardan oqilona foydalangan va salbiy ekologik ta’sirlarni nisbatan 
kamaytirgan holda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishdir. 
«Yashil iqtisodiyot» haqida so‘z borar ekan, uni atrof-muhit bilan uzviy 
bog‘liq ekanligini unutmasligimiz lozim, aynan ekologiyaning tobora 
yomonlashib borishi butun insoniyatni ushbu global muammoning yechimini 
topishga undaydi. 
Avvalambor, ekologiya haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak, 
chunki aynan atrof-muhit muammolari aynan ana shu tushuncha bilan 
ifodalanadi. 1866-yili nemis biologi Ernst Gekkel ilk bor kelib chiqishi 
yunoncha bo‘lgan oikos (uy) va –logos (o‘rganish) so‘zlaridan ekologiya so‘zini 
yaratdi. Ekologiya tirik organizmlar orasidagi va ularning atrof-muhit bilan 
o‘zaro munosbatlarini o‘rganishini aytib o‘tgan. Tarixan bu yo‘nalishni 
biologiya o‘rgangan. Ekologiya tushunchasi paydo bo‘lgach, uning asosiy 
o‘rganish ob’ektlari quyidagilarga bo‘lindi: 


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin