8-MA’RUZA. BIOENERGETIKA VA UNING ISTIQBOLLARI.
O’simliklar, qishloq xo’jalik chiqindilari, shaharning chiqindilari-bularning
hammasi biologik massadir. Biosferada chiqindilar miqdori 800 milliard tonnani
tashkil qiladi. Buning ustiga har yili ularning 200 milliard tonnasi qayta tiklanadi (bu
100 milliard tonna heft demakdir). Albatta, biomassa
hech qachon neft va boshqa
qazib olinadigan yoqilg’ilar turlarining o’rnini to’liq almashtira olmaydi. Biroq
qo’shimcha ekologik toza, doimiy qayta tiklanadigan energiya manbai sifatida
energetikada o’z o’rnini egallaydi.
Oldindan
qilingan
hisob-kitoblarga
ko’ra,
faqat mustaqil davlatlar
hamdo’stligida har yili ishlab chiqariladigan chiqindilardan 100
million tonna
shartli yoqilg’iga ekvivalent biogaz (70% metan va 30% uglerod (IV)-oksididan
iborat) olish mumkin. Bundan tashqari, 6,25 million tonna azot, 3 million tonna
fosfor va 7,5 million tonna kaliy oksidini mineral tuzlar ko’rinishida olish mumkin.
Biogaz olish juda istiqbolli. Undan yoqilg’i sifatida kompleks foydalanish
mumkin.
Biogaz qurilmasi qanday ishlaydi? Fermalarning go’ngi maydalovchi
apparatga solib maydalanadi va issiqlik almashuvchi (teploobmennik) yordamida
35-40 darajaga isitiladi. So’ng biomassa nasos yordamida bijg’itish
idishga
uzatiladi. Bu idishda biomassa 3- 4 sutkada 35- 42 darajada bijg’itish jarayoniga
uchratiladi, natijada biogaz hosil bo’ladi. Biogaz olish bilan parrandachilik
fabrikalari va mol fermalaridan chiqadigan qo’lansa hid yo’qotiladi, go’nglarni
pashsha, qurt-qumursqalar bosib ekologik muammolar yuzaga kelishiga chek
qo’yiladi. Hosil qilingan biogazdan parrandachilik fabrikalarida
ferma binolarining
suv isitish qozonlarini isitishda yoki ichki yonuv dvigatellarda foydalanish mumkin.
Chiqindilardan biogaz olish atrof-muhit muhofazasidagi qator muammolarni
yechishga imkon beradi.
Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) energetika balansining 3 % ini,
Germaniya va Angliya energetika balansining 2,5% ini biomassa energiyalari
tashkil qiladi. Xitoyda
7 millionta biogaz olinadigan qurilmalar
ishlab turibdi va
yiliga
100 milliard metr kub gaz ishlab chiqaradi, bu 100 million tonna shartli
yoqilg’iga ekvivalent. Axlatxonalarda hosil bo’ladigan biogaz 45-65%
metan va
korroziya-tajovuzkor birikmalar tutgan bo’ladi. Biogazlarni quvurlar orqali sanoat
iste’molchilarga yetkazilib beriladi yoki quvvati 1-2 MVt bo’lgan gaz turbinalarida
foydalaniladi. Buyuk Britaniyada taxminan 20 ta axlatxonadan biogaz ishlab
chiqariladi, ulardan 8 tasidan energiya ishlab chiqariladi.
Fransiyada hozircha dunyoda yagona
qattiq chiqindilarni sanoat miqyosida
Dostları ilə paylaş: