Markazda yuqori malakali olimlar va mutaxassislar ishlab kelmoqdalar.
Ularning bevosita ishtiroklarida turli loyihalar bo’yicha Qaraqalpog’istonda,
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Surxandaryo, Toshkent, Jizzax
viloyatlarida bir qator quyosh fotoelektr stansiyalari (yoritish, tele- radioapparatlar
ishlashi, aloqa, quduqlardan suv tortib chiqarish), quyosh suv isitkichlari,
chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilardan biogaz va yuqori samarali bioo’git
olish qurilmalari ishlab chiqilgan va o’rnatilib, ishga tushirilgan.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat
qomitasining bir qator ob’ektlarida quyosh fotoelektr stansiyalari va suv isitkichlari,
mikro-GESIar, biogaz qurilmalari - Surxondaryo viloyatidagi "Tabiat" ilmiy-ishlab
chiqarish tajriba Markazida (100 Vt li 2 ta stansiya va 2ta 106 litrli kollektor),
"Zomin" Monitoring Markazi (Jizzax viloyati, 300 Vt quvvatli stansiya va 250 litrli
kollektor), "Jayron" Ekologiya Markazi (Buxoro viloyati, 100 va 500 Vt quvvatli 2
ta stansiya, 250 litrli 2 ta kollektor), «Hisor» qoriqxonasi (Qashqadaryo viloyati, 2ta
100 Vt quvvatli stansiya, 106 litrli kollektor, 1 ta mikro-GES), «Quyimozor»
Monito’ring markazi (Navoiy viloyati, 200 Vt quvvatli 3 ta stansiya), Toshkent,
Andijon, Jizzah viloyatlarida 3 ta biogaz qurilmalari muvaffaqiyatli ishlab turibdi.
Mamlakatimizda, xususan, Orolbo’yi kabi ekologik nochor hududlarda ekologik
toza qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbollarga ega va
ularni keng joriy qilish o’zining ham ekologik, ham ijtimoiy-iqtisodiy samarasini
albatta beradi.
Ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning eng
muhim jihatlaridan biri barqaror rivojlanish va muhit o’zgarishining oldini olishga
ijobiy ulush qo’shishdir.
Dostları ilə paylaş: