Elektr energiyasini olishning an’anaviy va noana’naviy usullari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix03.06.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#116579
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
ekologik toza energiya turlari va nanotexnologiya

uzluksiz metanga aylantiradigan zavod ishlab turibdi. Yiliga 110 ming tonna 
chiqindini qayta ishlab, 13,6 million metr kub metan, shuningdek 36 ming tonna 
organik o’g’itlar ishlab chiqaradi. Tozalangan gaz tarkibi 60% metan va 40% 
uglerod (IV) oksididan iborat. 


Texnika 
va 
texnologiyaning 
hozirgi 
rivojlanish 
darajasida 
shahar 
chiqindilaridan ham maxsus konteynerlarda ko’p miqdorda biogaz olish mumkin. 
Berlin (Germaniya) ning g’arbiy rayoni Vannaseda qurilgan quvvati 4,5 MVt 
bo’lgan 3 blokli elektr stansiya 500 metr masofada joylashgan chiqindilarni qayta 
ishlab olingan biogaz bilan ishlaydi. Bu yerda 1955-yildan 1979-yil (25 yil 
davomida) gacha taxminan 11000 tonna axlat to’planib qolgan. 
1992-yilda Toshkentda maishiy chiqindilarni qayta ishlash tajriba zavodi ish 
boshladi. Hozirda (2005-yildan) O’zbekistonda chiqindilardan biogas olish va undan 
amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo’lga qo’yilgan. Qishloq ho'jaligida ko'p 
uchraydigan mol go'ngi hamda o'simliklar chirindisi bu usulda hom-ashyo bo'lib 
hizmat qiladi. Bunda aralashmaga 60-70% miqdorda suv qo'shilib berk holda 30-
350C gacha isitiladi. Shundan so'ng aralashmada bijg'ish jarayoni boshlanadi. Bu 
jarayon ta'sirida harorat 700C gacha ko'tariladi. Endi bu joyda yonuvchan gazlar 
CH4- metan va NH4 - ammiak ajrab chiqa boshlaydi. Bu gazlardan be'malol 
honadoningizni isitgani hamda ovqat tayyorlash uchun foydalana olasiz. 
Bunday qurilmani uy sharoitida qurmoqchi bo'lganlarga quyidagi sxemani tavsiya 
qilaman: 
1-reaktor-aralashtirgich; 2 - yuklovchi tuynuk; 3 - germetik berkitiladigan qopqoq; 4 
- gidrozatvorli ressiver; 5 - quyqani chiqarib tashlash kanali; 6 - gaz (iste'mol uchun) 
Bu yerda bakni yer ostiga ko'miladi. Qopqoq zich qilib berkitiladi. Aralashmani 
solishda boshlang'ich harorat uchun suvni isitib qo'shilsa jarayon tezroq amalga 
oshadi. 
Bunday qurilmada 20-15 kundan so'ng gaz ajrab chiqishi boshlanadi.
Agar 5 tonna go'ngdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, 5 oy mobaynida kuniga 35-40 
m3 gaz ajrata olasiz bunda. Ya'ni, 5 tonna go'ng bilan butun qish davomida sizda 
hech qanday gaz muammosi bo'lmaydi.
Gaz ajralish quvvatini oshirmoqchi bo'lib, biz quyidagicha sxemani ishlab chiqqan 
edik: 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin