Nano nima? Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib
keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir.
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud
mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish
mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni
boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish
tushuniladi:
- o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron
sxemalarni tayyorlash;
- nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish;
-
alohida
atom
va
molekulalarni
boshqarish va ulardan alohida
mikroob'ektlarni yig‘ish.
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda
tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan
buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda
ishlatamiz:
lazerli
disklarni
ishlab
chiqarish,
jumladan,
DVD
disklardan
nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas.
Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik.
1959 yil. Nobel mukofoti sohibi Richard Feynman kelajakda alohida
atomlarni boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat
qildi.
1981 yil. Binig va Rorer tomonidan moddalardan atomlar darajasida ta'sir qila
oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi.
1982-85 yillar. Sistemalarda atomar aniqlikka erishildi.
1986 yil. Atom quvvatli mikroskop yaratilib, u tunnel mikroskopidan farqli
ravishda har qanday, masalan, tok o‘tkazmaydigan material bilan ham ta'sirlasha
oladi.
1990 yil. Alohida atomlarni boshqarishga erishildi.
1994 yil. Sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi.