PULPITLARNI VITAL AMPUTATSIYA USULIDA DAVOLASH
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2.
Borlami tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga
uchragan to ‘qimalami qatlamma-qatlam olib tashlash;
3. Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;
4. Sterillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va
toj qismidagi
pulpani amputatsiya qilish;
5. Qonni to ‘xtatish;
6. Pulpa bo‘shlig‘ini tub qatlamiga kalsevit yoki kalmitsin
qo‘yib, steril paxta ustidan 5—7 kunga suvli dentin bilan berkitish;
7. 5—7 kun ichida bezovta qilmasa, doim iy plombaga
almashtirish.
Divital eksternatsiya usuli
Divital eksternatsiya usulida
davolash uchun bemor ikki
m arta keladi. K o‘rsatma: o ‘tkir umum iy pulpit, surunkali
pulpitlar, surunkali pulpit xuruji.
Qarshi ko‘rsatmalar: a) Ildizi shakllanmagan tishlar; b) Ildizi
so‘rilgan
sut tishlar; e) Ildiz kanali yomon o ‘tuvchi premolyar
va molyar tishlar.
P ulpani to ‘liq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar
(mishyakli pasta) qo‘yilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Divital
eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kichik olcham li sharsimon yoki teskari konus shaklli
bor yordamida tish b o ‘shlig‘ini
bir
nuqtada ochish;
3. Tish b o ‘shlig‘ining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga
mishyak pastasi, og‘riqsizlantiruvchi suyuqlikka h o ‘llangan
paxta tamponi qo‘yish. So‘ng suvli dentin bilan berkitish.
Nekroz qiluvchi pasta bir ildizli tishlarda 24 soatga, ko‘pildizli
tishlarda 48 soatga qoldiriladi. Surunkali gipertrofik pulpitda
nekroz qiluvchi pastani 1,5—2 marta oshirish lozim;
4. Kariyes kovagini chaxlash orqali tish b o ‘shlig‘ini ochish;
5. Nekroz b o ‘lgan pulpani olib tashlash.
Toj qismidagi
pulpani bor m ashina yordam ida, ildiz qismidagi pulpani
pulpekstraktor yordamida olib tashlash;
52
6. Ildiz kanaliga mexanik va dori-daraion bilan ishlov berish.
Ildiz kanaliga mexanik ishlov berishdan maqsad,
uni yaxshi
o ‘tuvchi qilib to ‘liq plombalanishi uchun sharoit yaratish.
Buning uchun drelbordan foydalaniladi. 3% li vodorod perikis
eritmasi, 1% li xloramin eritmasi bilan dorili ishlov berish;
7. Ildiz kanalini plombalash. Ildiz kanali uchun plomba-
lovchi xomashyolar uch guruhga b o ‘linadi: qotmaydigan,
qotadigan va qattiq (shtiftlar). Ildiz kanalini plombalash uchun
ildiz ignasi va kanalto‘ldirgichdan foydalaniladi.
Ildiz kanali
to ‘liq plombalanishi shart va uni rentgenogramma yordamida
tekshirish kerak;
8. D oim iy plom ba q o ‘yilib, tishning anatom ik shakli
tiklanadi. Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: