Zaxm
Zaxm surunkali davom etuvchi yuqumli venerik kasallik.
Zaxmning klinik belgilari turlicha bo‘lib, uzoq yillar davom
etadi: birlamchi, ikkilamchi, uchlamclii va to ‘rtlamchi.
Birlamchi sifilis 6—7 hafta davom etadi. Bunda qattiq
shanker oqish treponem a epiteliyga kirgach, teri va shilliq
pardada hosil bo‘ladi.
Qattiq yara bitta yoki 2—3 ta bo‘lishi mumkin. Qattiq yara
oval, yumaloq shaklda b o ‘lib, diametri 1,0—1,5
sm gacha,
yopgan nonga o ‘xshab chetlari bo‘rtib, shishgan va tog‘ayga
o‘xshash qattiq bo‘ladi, og‘rimaydi, biroz qizaradi. Qattiq yara
tagida tog‘aysimon qattiq infiltrat bo‘ladi, yaraning o ‘rtasi toza,
go‘shtdek tiniq, qip-qizil rangda bo‘ladi, badan karash bilan
qoplanadi.
Zaxmning ikkinchi davri qattiq shanker hosil bo‘lganidan
6—7 hafta vaqt o ‘tgach boshlanadi. Bu davrda rozeola-papula
toshmalari bir tekisda paydo b o ‘ladi. Bu davr 3—5 yil davom
etadi.
Zaxmning uchlamchi davrida og‘iz shilliq qobiq qavatida,
gummalar tarqalgan, gummali infiltrat va bug‘orli toshmalar
paydo bo‘ladi.
Davolash teri-tanosil kasalliklari shifokori bilan birgalikda
olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: