62
tushunmovchiliklarga olib keldi. 1960 yillarda T.Nelson loyihani qayta ishlab chiqib
«KSANADU» nomi bilan kompyuter texnikasida qo‘llay boshladi.
KLsida gipermatn sistemasi grafik sifatida bo‘lib, har bir nuqtada bir matn yoki
parcha, tasvir, jadval, videorolik va boshqalar joylashtiriladi. Sistemadagi matnlar bir
yoki ikki yo‘nalishda bo‘lib, ular «zanjir» holatda uzviy bog‘liq holda bo‘ladi.
Foydalanuvchi o‘zining ehtiyojiga ko‘ra gipermatndan foydalanadi. Gipermatn
sistemasida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tish uchun mavzu bo‘yicha tayanch
tushunchalar keltirilishi kerak. Tayanch tushunchalar
kiritilishi bilan gipermatn
mavzusi o‘zgaradi. Gipermatn sistemasidagi axborotlar matniy axborot ham, matnsiz
axborot ham bo‘lish mumkin. Gipermatn sistemasi tarkibiga multimedia,
gipermedialar ham kiradi.
Gipermatn texnologiyasi matniy manbaning mashinada tashkil etishga
asoslangan
bo‘lib,
bunda
leksik
birliklar
bir
chiziqli
ketma-ketlikda
joylashtirilmagan, balki aniq bilimlar asosida biror sohaga taalluqli birliklar va ular
o‘rtasidagi munosabatlar inobatga olingan. Yetarli
darajada olingan manba va
birliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘ta murakkab gipermatn kengligini yuzaga keltiradi.
Gipermatn kengligi o‘ziga xos semantik zanjir shaklida ma’lum bir fan sohasini aks
ettiradi. Gipermatnning oliy shakli
World Wide Web (Xalqaro o‘rgamchak turi)
sanaladi. U turli kompyuterlardagi millionlab axborotlarni giperaloqalar bilan yagona
axborot maydoniga birlashtiradi. Gipermatn strukturasiga ko‘ra ierarxik (pog‘onali)
va tarmoqli bo‘lishi mumkin. Daraxt ko‘rinishidagi ierarxik gipertekstlar
foydalanuvchining navigatsiya (uzellar bo‘ylab bir qismdan ikkinchi qismga o‘tish)
imkoniyatini
cheklaydi, gipermatn texnologiyasining barcha imkoniyatlarini yuzaga
chiqarmaydi. Bunday gipermatn texnologiyasining barcha komponentlar o‘rtasidagi
aloqalar jins-tur munosabatiga asoslangan tezaurus strukturasini eslatadi. Tarmoqli
gipermatn esa birmuncha keng tarqalgan va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u
jins-tur munosabatidan tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o‘z ichiga
oladi. Shuning uchun tarmoqli gipermatnlar Internet tizimida faol ishlatiladi.
Gipermatn ikki xil holatda bo‘lishi mumkin: statik va dinamik.
Statik gipermatn – oldindan tayyorlangan va saqlangan bo‘lib, ular turg‘un
holatda bo‘ladi. Masalan, gipertekst texnologiyasi asosida Dga yozilgan kitoblar.
Dinamik gipermatn – murakkab va tizimli bog‘lanishlarga tayangan bo‘lib,
ko‘proq tarmoq tizimida ishlaydi. Masalan, Arizona axborot tizimi bazasiga har oyda
300-500 referat ko‘rinishida ma’lumotlar kiritib turiladi.
Hozirgi kunda texnik vositalarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi
natijasida
gipermatnlarni kengaytirish gipermedia – informatsion – supermuhit yaratish
asoslarini ishlab chiqish muammolari ko‘tarilmoqda. Gipermedia sistemasida nafaqat
supermatnlar, balki nutqiy, grafik, hid sezish, ta’m bilish sezgilariga ta’sir
etuvchi
dasturlar yaratilmoqda. Gipermedia sistemasi insonning bilimlarini qayta
tashkillashtirish jarayonini informatsion texnologiyalar bilan birga yaxlit holga
keltirish orqali gipermedia sistemasida inson va mashina o‘rtasidagi semantik
kenglikni
qisqartirish
(kamaytirish),
informatizatsiyaning
imkoniyatlarini
kengaytirish, mashinalarning kognitivligini oshirish
kabi masalalar ishlab
chiqilmoqda. Gipermediatexnologiyalar mashina sivilizatsiyasiga olib boruvchi yo‘l
sanaladi.
63
O‘zbek tilining gipermatni deganda, nochiziq shakldagi axborotlar tizimini yangi
informatsion texnologiyalar orqali tahlil qilish (keng ma’noda so‘zning qayta
ishlanishi), matniy, lug‘aviy, grafik, audio, video, animatsiyali va boshqa
leksikografik manbalarni tahlil qilish tushuniladi. Bundan tashqari,
turli matn va
o‘zbek tilining turli tipdagi lug‘atlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. O‘zbek tilining
gipermatni – ochiq tizim – ya’ni Internetdagi O‘zbek tilining Kompyuter Fondini
tashkil etadi.
Matnlar kompyuter xotirasida tizimlashtirilgan (uslub, janr, tuzilish shakliga
ko‘ra) bo‘lib, axborotni topishda foydalanuvchi qiynalmaydi. Tizimlashtirish
quyidagicha amalga oshirilgan:
Dostları ilə paylaş: