129
sulton
Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng,
fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib,
ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan.
Bugun bu ulug‘
zotni buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi,
mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun
dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat
sohibqiron haqida
iliq fikrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va
faoliyatiga yuksak baho bermoqdalar.
Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning fao-
liyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi.
1553-yili
Italiyaning Flo rensiya shahrida italiyalik olim
Perondinoning
“
Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi.
Bu Yevropa olimlarining Amir Temur
haqidagi birinchi ilmiy
tadqiqoti edi. Ushbu asrda ispan tarixchisi
Pero Meksikaning
“
Buyuk Temur tarixi” asari chop etiladi.
1582-yili Seveliyada
mashhur Ispaniya elchisi
Klavixoning “
Esdaliklari”
kitobi
nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi
Xristofor Morloning “
Buyuk
Temur” nomli sahna asari ham shu asrda yaratildi. Shundan
beri buyuk Sohibqironga atalgan asarlarning keti uzilmaydi.
Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33
mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari
chop etilgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va fao
liya-
tiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir
yoqlama baho be-
rib kelindi. Shunga qaramasdan,
1968-yilda faylasuf olim
I.M.Mo‘minovning “
Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tut
gan o‘rni va roli” risolasini nashr etilishi jamoatchilikning bu
mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi. Asar keskin
tanqidga uchradi. Ammo
I.M.Mo‘minovning Amir Temur
shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan
chiqishi bu uning ilmiy
jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: